BAA oʻzbekistonliklar uchun vizani bekor qildi
BAA hukumati 16 fevraldan Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi.
16 yanvarʻ
kuni Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari oʻrtasida kirish viza
talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisidagi hamkorlik protokoli imzolandi, deya
xabar bermoqda OʻzA.
Hujjatga
koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida viza
talablaridan ozod etiladi.
Hukumatlararo
hamkorlik protokoli Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi A.Aqqulov va
mamlakat tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan
imzolandi. Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.
Shuning bilan viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar
soni 29 taga etdi va Oʻzbekistonni Global Passport Power reytingida 71-oʻringa koʻtarildi, deyiladi
xabarda.
Maʻʻlumot uchun, 2023 yil davomida BAAga 119,4 mingdan ziyod oʻzbekistonlik tashrif
buyurgan va 9,2 mln dollar miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.