QAZAQ AIR Turkiston-Samarqand yoʻnalishida muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
Qozogʻistonning QAZAQ AIR aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Ruxsatnoma 13 mart kuni Turkiston-Samarqand-Turkiston yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish uchun berildi.
Qozogʻistonning
QAZAQ AIR aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat
oldi. Bu haqda UzDaily.uz Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib xabar
qildi.
Aviakompaniya
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo
kelishuv asosida parvoz qilish uchun ruxsat oldi.
13 mart
kuni Turkiston-Samarqand-Turkiston yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni amalga
oshirishga ruxsat berildi.
Parvozlar DHC-8-402 samolyotlarida
amalga oshiriladi.