27.12.2023 16:18

Turkiya Iroq va Suriya shimolida 58 nafar terrorchi yoʻq qilinganini bildirdi

Turkiya Mudofaa vazirligi 22 va 23 dekabrdagi hujumlarga javoban 58 nafar terrorchi yoʻq qilinganini bildirdi.

Turkiya harbiy-havo kuchlari 22 va 23 dekabrʻ kunlari “Changal-Qulf” (Pençe-Kilit) operatsiyasi hududida uyushtirilgan terror hujumlariga javoban Iroq va Suriya shimolidagi 71 ta nishonga zarba berdi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler maʻʻlum qildi.

Vazir 22 va 23 dekabrʻ kunlari “Changal-Qulf” operatsiyasi hududida 12 nafar turk askari halok boʻlganini eslatib oʻtdi.

“Biz bu bebaho hayotlar uchun qasos oldik va shunday qilishda davom etamiz. Buni eng qiyin usullardan foydalanib davom ettirishimizga hech kim shubha qilmasin”, - dedi Guler.

Ushbu hujumlarga javoban Iroq va Suriya shimolidagi 71 nishonga havodan zarba berilgani, turli harbiy amaliyotlar davomida jami 59 nafar terrorchi yoʻq qilingani bildirildi.

Mavzuga aloqador