Oʻzbekistonda diniy taassublik tufayli bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga engil shikast etkazish jazosi kuchaytirildi. Boshqa holatlarda esa, qasddan badanga engil shikast etkazganlik uchun javobgarlik engillashtirilib, bunday qilmishlar jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, maʻʻmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekistonda diniy taassublik tufayli bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga engil shikast etkazganlik uchun jazo kuchaytirildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 oktyabrʻ kuni Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutgan qonunni imzoladi. Mazkur qonunni 7 mayda Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan, 10 iyulda senatorlar maʻʻqullagan.

Jinoyat kodeksining 109-moddasiga koʻra, qasddan badanga engil shikast etkazish: a) diniy taassublar tufayli; b) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʻʻzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab; yoki v) qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatganlik uchun endilikda 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Daryo.uz’ning yozishicha, boshqa holatlarda qasddan badanga engil shikast etkazganlik uchun javobgarlik engillashtirildi. Unga koʻra, sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʻʻmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qonunda qayd etilishicha, oʻzgartirishlar «aholining tinch va farovon hayotini taʻʻminlash» va «mamlakatdagi kriminogen vaziyatni yaxshilashga» xizmat qiladi

Mavzuga aloqador