11.10.2024 15:37

Toshkent va Xivada “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkaziladi

Oʻzbekiston prezidentining BMT Bosh assambleyasida bergan vaʻʻdasiga muvofiq, 15-16 oktyabrʻ kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkaziladi. Unda dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etishi kutilmoqda.

15-16 oktyabrʻ kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferentsiya oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etadi.

Xususan, zamonamizning mujtahid olimlaridan biri, Dorul ulum Karachi Islom universiteti professori, muftiy, shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari, Misr bosh muftiysi, shayx Nazir Muhammad Ayyod hazratlari, Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari jamiyati raisi mavlono Arshad Madaniy hazratlari tashrif buyurishadi.

“Konferentsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad – shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish, yoshlarni diniy bagʻrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish va bunda Oʻzbekiston tajribasini, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yoʻlidagi saʻʻy-harakatlarini xalqaro jamoatchilikka etkazishdan iboratdir”, - deyiladi xabarda.

Anjuman 15 oktyabrʻ kuni Toshkent shahridagi “Hilton” majmuasining anjumanlar zalida oʻz ishini boshlaydi. Anjuman 3 ta shoʻʻʻbaga boʻlingan holda oʻtkaziladi.

Birinchi shoʻʻʻba: “Islom qadriyatlarini asrab-avaylashda hanafiy-moturidiy taʻʻlimotining oʻrni”.

Ikkinchi shoʻʻʻba: “Globallashuv sharoitida islom: moʻʻʻtadillik va bagʻrikenglik”.

Uchinchi shoʻʻʻba: “Zamonaviy jamiyatda gʻoyaviy tahdidlarning oldini olish omillari va amaliy echimlar”.

Konferentsiya 16 oktyabrʻ kuni Xiva shahrida davom etadi. Unda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferentsiyasining yakuniy deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Shu bilan birga, xorijlik mehmonlar, diniy ulamolar bilan maʻʻrifiy suhbatlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Ushbu anjumanning oʻtkazilishi haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2023 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida maʻʻlum qilgan edi.

“Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, islomni ilm-maʻʻrifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy singari ulugʻ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shunday buyuk olimlarning boy merosini oʻrganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024 yil Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazish tashabbusini ilgari suramiz”, - degan edi prezident.