25.10.2024 09:35

Oʻzbekiston BRIKSning hamkor davlati maqomini oldi

Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston va Belarusʻ birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu klubga qoʻshilish yoʻlidagi majburiy bosqich hisoblanadi.

RF tarkibidagi Tatariston respublikasi poytaxti Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRIKS sammiti yakunida 13 davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi.

Shunday qilib, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Jazoir, Belarusʻ, Boliviya, Kuba, Indoneziya, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda va Vʻetnam BRIKSning hamkorlari boʻldi.

Hamkor davlat maqomini olish BRIKSga aʻʻzo boʻlish yoʻlidagi majburiy bosqich hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev “BRIKS plyus” formatidagi sammitda soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston BRIKS davlatlari bilan sheriklik aloqalarini faol rivojlantirish niyatida ekanini bildirgandi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning BRIKS bilan bogʻliq rejalari hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham toʻxtaldi.

Avvalroq BRIKSning qanday tashkilot ekani, uning ahamiyati, tarixi, vazifalari qandayligi haqida toʻliq tahliliy maqola eʻʻlon qilgan edik. Unda, jumladan, BRIKS valyutasi dollarning oʻrnini bosa olish imkoniyatlari, bu tashkilotni kelajakda nimalar kutib turgani haqida ham soʻz yuritilgan.

BRIKS qanday tashkilot, uning kengayishi AQShga tahdidmi?

Mavzuga aloqador