Moskvada RF Mudofaa vazirligi zobitiga suiqasd uyushtirgan fuqaro ukrain maxsus xizmatlari buyurtmasini bajarganini tan oldi
24 iyulʻ kuni Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi polkovnigi avtomobiliga portlovchi moslama oʻrnatgan Evgeniy Serebryakov Turkiyada qoʻlga olindi. Juma kuniga oʻtar kechasi Moskvaga etkazilgan Serebryakov ushbu suiqasdni amalga oshirgani uchun Ukraina maxsus xizmati tomonidan ukrain fuqaroligi va 20 ming dollargacha pul mukofoti vaʻʻda qilinganini bildirdi.
Moskvada Rossiya
Mudofaa vazirligi zobitining avtomashinasini portlatishda ayblanayotgan Evgeniy
Serebryakov juma kuni Rossiya FSB tomonidan tarqatilgan videoda soʻroq paytida
oʻtgan yili Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgani,
ular bilan internet orqali bogʻlangani va Mudofaa vazirligi zobitini oʻldirishni
taklif qilganini aytdi.
“2023 yil fevralʻ oyida men Ukraina razvedka xizmatlari
bilan hamkorlik qilish maqsadida hamjamiyat maʻʻmuri bilan faol bogʻlandim”, - dedi Serebryakov soʻroq paytida.
Keyinchalik, oʻz taxminlariga koʻra, "Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimi"
boʻlgan Ilʻya bilan
aloqa qila boshladi. "Biz u bilan gaplashdik, Istanbulda bir uchrashuv boʻldi,
men qoʻlbola portlovchi qurilmani yigʻish uchun qismlarni oldim. Va ofitserni yoʻq qilishni taklif qildim",
- dedi Serebryakov.
Uning
soʻzlariga koʻra, “nazorat ostida va koʻrsatmalar bilan portlovchi moslamani yigʻib,
mashina ostiga qoʻygan”.
"Ilʻya
menga Ukraina fuqaroligini va 10 dan 20 ming dollargacha mukofot vaʻʻda
qildi", - dedi u.
Serebryakov
Moskvada avtomobilni portlatib yuborganidan soʻng Turkiyaning Bodrum shahriga qochgan
va oʻsha erda qoʻlga olinib, juma kuniga oʻtar kechasi Moskvaga etkazilgan.
Serebryakovga
bir guruh shaxslar tarkibida oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan
umumiy xavfli tarzda ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirishga urinish va portlovchi
moddalarning noqonuniy savdosi boʻyicha sirtdan ayblov qoʻyilgan.
Maʻʻlumot
uchun, 24 iyulʻ kuni ertalab Moskvaning Sinyavinskaya koʻchasidagi uylardan birining
hovlisida avtomobilʻ portlashi sodir boʻldi, natijada ikki kishi hayotdan koʻz yumdi.
Avtomobilʻ egasi Rossiya Qurolli Kuchlari polkovnigi boʻlgan. “Interfaks”
agentligi suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, haydovchi oʻrindigʻi ostiga sigʻimi
taxminan 500 gramm trotil boʻlgan portlovchi moslama qoʻyilgan.