Turkiya Tojikiston bilan viza tartibi boʻyicha qoʻshimcha maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi
Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibi joriy etilishi boʻyicha qoʻshimcha maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, viza zarurati vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin.
Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi X ijtimoiy
tarmogʻida Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibi joriy etilishi boʻyicha qoʻshimcha
maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi.
Unga
koʻra, 20 aprelgacha Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz tashrif buyurishlari
mumkin. Ushbu sanadan keyin esa Turkiya orqali boshqa mamlakatlarga borish
maqsadida Turkiyaga kelganlar vizasiz boʻladi.
Qayd etilishicha,
viza zarurati, ehtimol, vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin.
Viza
olishning aniq tartiblari diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan keyinroq
maʻʻlum qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 5 aprelʻ kuni
Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni
imzolagan edi. Qarorda vizasiz tartibni bekor qilish sabablari keltirilmagan.
Keyinroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya bilan “oʻzarolik
tamoyiliga muvofiq” Turkiya fuqarolari uchun ham viza rejimini joriy etishga
ruxsat berdi.