10.01.2024 11:32

Frantsiya Ozarbayjondan hibsga olingan “agenti” qoʻyib yuborilishini talab qildi

Frantsiya TIV Ozarbayjondan Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarda razvedka faoliyatini olib borgani uchun qoʻlga olingan “agenti”ni qoʻyib yuborishni talab qildi.

Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjondan hibsga olingan frantsuz razvedkasi agentlarini qoʻyib yuborishni talab qildi. Bu haqda Frantsiyaning BFM TV telekanali xabar qildi.

“Biz hamyurtimiz Ozarbayjon hukumati tomonidan dekabrʻ boshida hibsga olinganini tasdiqlaymiz. Biz bu hibsni oʻzboshimchalik deb bilamiz va uning zudlik bilan ozod etilishini talab qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Parismatch nashri ushbu agentning ism-sharifi Martin Rayan ekanini ochiqlab, uning otasi Richard Rayanning intervʻyusini eʻʻlon qildi. Richard oʻgʻli telefon orqali suhbatda: “Ular mendan piyoda (shaxmat donachasi nazarda tutilmoqda – tahr.) sifatida foydalanishdi”, - deya Ozarbayjonda non-grata deb eʻʻlon qilinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan ikki diplomatga ishora qilgan.

Oʻz navbatida, Boku yana bir bor frantsuz tomonini Ozarbayjonning ichki ishlariga aralashishni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot kotibi Ayxan Hajizoda Frantsiya fuqarosining hibsga olinishi munosabati bilan Frantsiya Evropa va tashqi ishlar vazirligi bayonotiga izoh berar ekan.

Qayd etilishicha, 4 dekabrʻ kuni Frantsiya fuqarosi Martin Rayan Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasida (josuslik) nazarda tutilgan qilmishni sodir etganlikda gumonlanib qoʻlga olingan.

“Frantsiya Evropa va tashqi ishlar vazirligining Frantsiya fuqarosining asossiz hibsga olingani haqidagi ayblovlari asosga ega emas. Bu bayonot voqelikni buzish, Ozarbayjonning ichki ishlariga va qonuniy tergov jarayoniga aralashishga navbatdagi urinishdir”, - dedi Hojizoda.

Uning qayd etishicha, sud Frantsiya fuqarosiga nisbatan toʻrt oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi sifatida qaror chiqargan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ozarbayjonda Frantsiya  razvedkasining keng koʻlamli rezidenturasi fosh qilingani, ular Ukraina, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarida turli operatsiyalarda qatnashgani haqida xabar bergan edik.

Keyinroq Ozarbayjon Frantsiya elchixonasining ikki xodimini “persona non grata” (nomatlub, istalmagan shaxs) deb eʻʻlon qildi va ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etish talabini qoʻydi.

Mavzuga aloqador