19.12.2023 02:37

Ozarbayjon: Xojavandda armanlar maktabni minalashtirib ketgani aniqlandi

 

Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Xojavanddagi maktabda portlovchi qurilma pistirmaga qoʻyib ketilgani aniqlandi.

Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Xojavand tumanidagi maktablardan birida armanlar mina pistirmasi qurib ketgani aniqlandi.

“Bosqindan ozod qilingan hududlarda olib borilgan minalardan tozalash ishlari davomida qopqonlar va qoʻlbola (qoʻlbola) portlovchi qurilmalarga qayta-qayta duch kelingani Armanistonning ozarbayjonlarga nisbatan terrorchilik siyosatini yana bir karra tasdiqlaydi”, - deyiladi Ozarbayjon inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Sabina Alievaning ushbu xabarga bildirgan izohida.

Emishjan qishlogʻida joylashgan maktabda mamlakat Minalar bilan kurashish agentligi (ANAMA) xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida sinf xonalaridan birida partaga lenta bilan mahkamlangan F-1 qoʻl granatasi topilgan.

Taʻʻlim muassasasida jangovar rejimiga oʻtkazilgan, oʻrindiq va eshik tutqichiga ip bilan mahkamlangan qopqonning oʻrnatilishi terror tinch aholiga qarshi qaratilganini koʻrsatadi, deyiladi xabarda.

Ozarbayjon ombudsmani Armanistonning tinch aholining asosiy inson huquqlari va erkinliklarini qoʻpol ravishda buzish bilan birga olib borayotgan jinoiy harakatlarini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni ushbu jinoyatga qatʻʻiy javob berishga chaqirdi.

Mavzuga aloqador