18.12.2023 10:10

Ozarbayjonning ozod qilingan Fuzuliy shahriga 380 oila qaytdi

94 kishidan iborat yana bir guruh aholi ozod qilingan shaharga joʻnab ketdi.

18 dekabrʻ, dushanba kuni Ozarbayjon poytaxti Bokudan bir guruh koʻchirilganlar Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Fuzuliy shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu bosqichda yana 22 ta oila – 94 kishi Fizuliyga koʻchib oʻtmoqda.

Shunday qilib, 380 oila yoki 1392 kishining shaharda doimiy yashashi taʻʻminlanadi. Fizuliyga koʻchirilgan oilalar yangi qurilgan uylarga joylashadi.

Maʻʻlumot uchun, 1993 yil 23 avgustidan 2020 yil 9 noyabrigacha Fuzuliy shahri va viloyatning katta qismi armanlar ishgʻoli ostida edi. Bu vaqt ichida Fuzuli arvoh shaharchaga aylandi.

2020 yil 17 oktyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Fizuliy Ozarbayjon nazoratiga qaytdi. 44 kunlik urushdagi gʻalabadan soʻng Ozarbayjon ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda, jumladan, Fizuliyda keng koʻlamli tiklash va qurilish ishlarini boshladi.

Eslatib oʻtamiz, Fuzuliydagi qurilish-tiklash jarayoniga Oʻzbekiston ham oʻz hissasini qoʻshdi. Jumladan, joriy yilning 22 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoeva, shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev va uning rafiqasi Mehribon Alieva Fizuliyda Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-umumtaʻʻlim maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mavzuga aloqador