09.11.2024 12:33

Boykot sababli Turkiya va Pokistonda Coca-Cola savdolari tushdi

Gʻazo qirgʻinida Isroilni dastaklagani sababli boykot qilinayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdosi uchinchi chorakda mos ravishda 12,2 va 22,9 foizga qisqardi.

Gʻazoda qirgʻinida Isroilni qoʻllab-quvvatlagani ortidan qoralanayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdolari sezilarli darajada pasaydi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning uchinchi choragida Coca-Cola savdosi Turkiyada 12,2 foizga, Pokistonda esa 22,9 foizga qisqargan. Bu – 2023 yilning may oyidan beri eng katta pasayishdir.

Oʻtgan yili Turkiya va Pokiston bozorlari kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan 10 ta mintaqa qatoriga kirgandi.

Turkiyada hatto parlament ham Isroil bilan bogʻliq brendlarning boykotiga qoʻshildi, ular jamoatchilik talabiga koʻra Coca-Cola va Nestlé mahsulotlarini oʻz majmuasidagi oshxonalardan chiqarib tashladi.

 

Mavzuga aloqador