29.08.2024 14:35

Britaniyada Coca-Cola muqobili sifatida Gaza-Cola taqdim etildi

Britaniyada Gʻazodagi genotsidni qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblanayotgan Coca-Cola kompaniya mahsulotlariga muqobil sifatida Gaza-Cola ichimligi taqdim etildi.

Falastin bayrogʻi va falastinliklarning milliy bosh kiyimi, ayni paytda ozodlik va qarshilik ramzi hisoblangan kufiya belgilari tushirilgan 250 ml hajmli idish yorqin qizil rangi bilan Coca-Cola qutisiga oʻxshaydi, lekin «Sosa» soʻzi oʻrniga «Gaza» deb yozilgan.

Qayd etilishicha, yangi mahsulotning taʻʻmi anʻʻanaviy “kola” ichimligidan farq qilmaydi va mashhur brendni boykot qilganlar uchun muqobil boʻlishni maqsad qilgan.

Britaniyaning Time jurnalida chop etilgan maqolada keltirilishicha, Isroil oʻtgan yili oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan va Gʻazoning katta qismini yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan Gʻazo sektoriga qarshi urush boshlaganidan beri Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi 12 dan ortiq transmilliy kompaniyalar butun dunyo boʻylab ommaviy boykotlarga duchor boʻlgan.

Muallif Yasmin Sarxon ushbu oy Britaniya bozoriga kirgan Gaza-Cola yangi muqobil mahsulotlardan biri ekanligini taʻʻkidlaydi. Mart oyida ishlab chiqarilgan va Evropa Ittifoqi, Britaniya va Janubiy Afrikaga etkazib berilayotgan Shvetsiyaning Palestine Drinks yana bir muqobil mahsulot hisoblanadi.

Jurnal, shuningdek, Safed Foods (Palestine Drinks brendiga egalik qiluvchi kompaniya) kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Muhammad Kasvanining gazli ichimlikka boʻlgan qiziqish ortib borayotgani va kompaniya bunday yuqori talabni kutmaganligini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, brend soʻnggi besh oy ichida taxminan 16 million quti sotgan.

Mavzuga aloqador