06.01.2024 08:03

Boykotdan nima foyda? Bu oʻzi kerakmi?

Gʻazo – gʻurur maskani, izzat manbai, qahramonlar etishtirib, goʻdaklarning jasoratiga guvoh boʻlgan diyor. Ammo sionistlar va ularning amerikalik ittifoqchilari bu oʻlkani qonga botirib, bolalar, ayollar, qariyalarni oʻldirdi, uylarni vayron, bogʻlarni payhon qildi.

Rasmiy arab va Islom mamlakatlari Gʻazo xalqini hech qanday qoʻllab-quvvatlamayotgan bir paytda, musulmon xalqlar sionist xayrixohi va homiysi boʻlgan Amerika mollariga, shuningdek, ushbu jinoyatlarni qoʻllab turgan barcha kompaniyalar mahsulotlarini sotib olishni toʻxtatishlari va bu maqsadni doimo ilgari surib borishlari lozim. Toki boykot hayotimizning zaruriy bir qismiga aylansin va tajovuzkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan, foydasi yana tajovuz uchun sarflanadigan maxsulotlar yoʻq boʻlsin! 

Shu oʻrinda keling, soʻzni “boykot” tushunchasining maʻʻnosi va kelib chiqishi haqidagi maʻʻlumaotlar bilan davom ettiraylik. “Boykot” deb biror ish yoki xatti-harakatni qilmaslikka qaror berish, qay bir maqsadga erishish uchun shaxs, guruh yoki mamlakat bilan har qanday aloqani uzishga aytiladi.

Tarix mobaynida mamlakatlar va shaxslar voqea-hodisalarga munosabat bildirish vositasi sifatida tijoratdan foydalanganlar. Shu darajadaki, ozchiliklar, ayollar va ishchilar huquqlari kabi koʻplab masalalarda bugun amalda boʻlgan standartlarga ish tashlash yoki boykot kabi harakatlar natijasida erishildi. Bunday harakatlarga "Boykot" soʻzining qoʻllanilishi tarixi esa uncha uzoqqa borib taqalmaydi. Bu soʻz ingliz tiliga ingliz lordlari nomidan Irlandiyadagi erlarni dehqonlarga ijaraga berish ishlarini yuritgan ingliz zobiti, kapitan Charlz Boykot tufayli kirgan.

1880 yilda hosilning kamayishi sababli qishloq aholisi toʻlagan ijara haqiga 25 foiz chegirma talab qiladi. Biroq, Boykot faqatgina 10 foizni chegirmaga rozi boʻlishini aytadi. Qishloq ahli boykotning murosasiz munosabatiga javoban norozilik maʻʻnosida erga hech narsa ekishmadi va aloqalarini ham toʻxtatishadi. Pochtachilar ham bu norozilikka qoʻshilishadi va Angliyadan kelgan xatlarni Boykotga etkazib berishmaydi. Natijada qirollik ish toʻxtab qolmasligi uchun Irlandiyaga ishchilar, texnika va koʻplab askarlarni yuboradi. Shu tariqa, 500 funt-sterlingga koʻnmagan Boykotning bu ishi qirolikka 10 ming funtga tushadi! Ijarachilar oxir-oqibat maqsadlariga erishadilar, bu harakat boykot qilinayotgan shaxsning familiyasi bilan  "Boykot" deb nomlandi.

Aslida, iqtisodiy boykot qilish iymonning eng zaif holatini ifodalaydi. Zulmga qarshi kurashishning eng minimum holati mana shu. Ayni paytda, boykot samarali va muhim qurol ekanini yoddan chiqarmaslik darkor. Amerika oʻz mablagʻi, qurollari va siyosiy mavqeidan foydalanib sionistlarni qoʻllamoqda. Biz esa mablagʻimizni dushmanimizni qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatmasligimiz, Gʻazodagi musulmonlarning uylari-yu, qalblarini vayron qilayotgan raketa, artilleriya va oʻqlarga aylanishiga hissa qoʻshmasligimiz kerak.

Iqtisodiy cheklov masalasi kechagina paydo boʻlib qolgan narsa emas, aslida. Tarixdan bizga maʻʻlumki, Makka mushriklari Paygʻambarimiz alayhissalomni topshirishlari uchun Banu Hoshim va Banu Muttalib urugʻlariga nisbatan iqtisodiy cheklov (boykot) eʻʻlon qilishgan edi. Mushriklar bu ikki oilaga hech narsa sotmaslik, ulardan hech narsa sotib olmaslik qaroriga kelishgan boʻlib, buning oqibatida musulmonlar ochlikdan aziyat chekib, hatto daraxt poʻstlogʻi va barglarni eyishga ham majbur boʻlishgan. 

Shungdek, Sumoma ibn Usol roziyallohu anhu islomni qabul qilganlaridan keyin makkaliklarga hech narsa sotmay qoʻydilar. Vaholanki, Yamoma erlarida yashaydigan Sumoma ibn Usol va u kishining qabilasi Makkani bugʻdoy bilan taʻʻminlab turar edi. Makkaliklar esa Sumomani iqtisodiy cheklovni bekor qilishga koʻndirib berishlari uchun Paygʻambarimizga xat yozishga majbur boʻlishadi. 

Yana misol keltiramiz. Oʻtgan asrda Hindiston etakchisi Mahatma Gandi ingliz maxsulotlariga boykot eʻʻlon qildi, xalq ham unga ergashdi. Natijada esa Britaniya 1947 yilda butun askarlarini Hindistondan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Bunday amaliyot Misrda ham kuzatilgan: 1919 yildagi inqilobdan keyin misrliklar ham Britaniya maxsulotlariga boykot eʻʻlon qilishdi. 

1973 yildagi oktabr urushlarida ham arablar Amerika va sionistlarni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlarga neft sotishni toʻxtatib qoʻydi. Bu esa Angliya va Frantsiyani betaraflik pozitsiyasini egallashga hamda aeroportlaridan Amerika va sionistlarning harbiy texnikalarini oʻtkazishdan bosh tortishiga olib keldi. Evropa hukumatlari esa sionistlarni arab erlaridan chiqib ketishga chaqirib, bayonot berdi. Aniqrogʻi, shunga majbur boʻlishdi. 

Yaqin tariximizda ham bunday holatlar juda koʻp kuzatilgan. Frantsiya yaqin-yaqingacha Amerika mahsulotlariga, nafaqat mahsulotlariga balki Amerika filʻmlari hatto ingliz tiliga ham taʻʻqiq (boykot) eʻʻlon qilgan. Darhaqiqat, Amerikaning oʻzida 1993-1996 yillar oraligʻida 35 davlatga nisbatan 60 marta boykot eʻʻlon qilingan. 

Boykot qurolidan sionistlarning oʻzlari ham keng foydalanishgan. 2003-yilda Isroil bosh vaziri Ariel Sharon Belgiya mahsulotlariga nisbatan boykot eʻʻlon qilib, boshqa yahudiylarni ham bunga chorlagan. Shuningdek, sionistlar Gʻazo aholisiga nisbatan ham oʻn eti yildan buyon iqtisodiy cheklovlar qoʻllab kelmoqdalar.

Yuqoridagi mislollardan xulosa qilish mumkinki, “boykotning foydasi yoʻq”, “bu hech qanday ahamiyatga ega emas”, deydigan kimsalarning fikrlari hech qanday qiymatga egamas! Bunday kimsalar huddi Tabuk gʻazotida munofiqlar qilganidek, musulmonlarning ruhiyatlarini sindirmoqchi, mujohidlarning saʻʻy-harakatlarini soʻndirmoqchi boʻladilar, xolos. Chaqaloq onasining koʻkragidan ajralgisi kelmaganidek, ular ham Amerika va sionistlarning mahsulotlaridan ajralgilari kelmaydi. Oqibatda, siyosiy, madaniy, harbiy… jihatdan ularning gegemoniyasiga asir boʻlib qolaveradilar. 
Xop, boykot qilish kerak ekan, u bizga qanday foyda beradi? 

Birinchi: Iqtisodiy cheklovlar sionistlarning iqtisodiyotini falaj holatga keltirish kuchiga ega. Urush natijasida har kuni 170 million dollar yoʻqotayotgan sionistlarning yanada koʻproq mablagʻ yoʻqotishiga sabab boʻladi.

Ikkinchi: Boykot Amerikaga bosim oʻtkazishning asosiy omilidir. Chunki Amerika manfaatlar ustiga qurilgan davlat. Amerika siyosatchilari, senator yoki hukumat vakillari qaysidir maʻʻnoda baʻʻzi kompaniyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador hisoblanadilar. Bu kompaniyalar manfaatiga zarar etkazish Amerika siyosatini soʻz bilan emas, amalda oʻzgartirishga qodir boʻlgan sahna ortidagi haqiqiy oʻyinchilarga bevosita taʻʻsir qiladi. 

Amerika mahsulotlariga nisbatan cheklovlar ularning omborlarda turib qolishiga olib keladi. Mahsulotlarning sotilmay qolishi esa ishchi-xodimlarga beriladigan oylik maoshlarning keskin kamayishiga sabab boʻladi. Oyliklarning kamayishi ommaviy ish tashlashga olib keladi. Bu esa Amerika hukumatiga jiddiy bosimni yuzaga keltiradi. 

Uchinchi: Ommaviy boykot va shu gʻoyaning keng singdirilishi Isro va Meʻʻroj hodisasi yuz bergan oʻlkada sodir boʻlayotgan voqea-hodisalardan yosh-avlodni xabardor qilib, ularda islomiy va milliy gʻurur, zulmga qarshi turish, adolat uchun kurashish kabi tuygʻularni shakllanishiga sabab boʻladi. 

Toʻrtinchi: Keng qamrovli boykot gʻoyasi atrofida birlashish, arab va islom oʻlkalarini ittifoqqa olib keladi. Amerika gegemoniyasi taʻʻsiridan chiqishga yordam beradi. 
“Agar boykot qilinsa, ana shu korxonalarda ishlayotgan oʻzimizning xalq ishsiz, oyliksiz qoladi-ku” deydiganlarning fikrlari ham toʻgʻri emas. Chunki ularning mahsulotlariga toʻlanayotgan mablagʻlardan, bemalol, milliy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muqobil sarmoya sifatida foydalanish mumkin. Bu esa musulmon investorlarga oʻz faoliyatini kengaytirish, boshqalarga tobe boʻlmagan mustaqil ish oʻrinlari yaratish uchun tarixiy imkoniyat yaratadi. 

Mahalliy va musulmon investorlar Amerika va sionist kompaniyalardan farqli oʻlaroq, foydalarining bir qismini urushlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratmaydilar. Foyda mablagʻlarini oʻzlariga tashib ketmaydilar va mamlakatning oʻzida qayta investitsiya qiladilar. Shuning uchun xorijiy kompaniyalar foydaga ega chiqqanidan koʻra mahalliy investorlarning foyda koʻrishi ichki iqtisodiyotni ancha jonlantiradi. 
Demak, boykot nafaqat Gʻazodagi musulmonlarni qoʻllash uchun, balki, oʻz iqtisodimizning ham jonlanishi uchun muhim zaruratdir. Zero, yana qaytaramiz, Amerika va sionist kompaniyalarga nisbatan qilinadigan iqtisodiy cheklov mahalliy kompaniyalarning rivoji, yangi ish oʻrinlarining koʻpayishi, shuningdek, mahalliy valyutalarga nisbatan dollar bosimining kamayishi uchun ajoyib imkoniyat. 

Xulosa oʻrnida aytamizki, musulmon oʻlka fuqarolari yakka yoki institutsional tarzda birlashib, rejalashtirilgan, maqsadli va davomli tarzda Amerika va sionist kompaniya mahsulotlariga qarshi boykot eʻʻlon qilishlari zarur. Boykotning taʻʻsiri eydigan taomlari, ichadigan ichimliklari, kiyadigan kiyimlari, oʻqiydigan, tomosha qiladigan kitob va filʻmlarida ham oʻz aksini topishi kerak. 

Doktor Ashraf Davabba, Evropa Islom moliyasi va iqtisodiyoti akademiyasi (EAIFE) prezidenti

Mavzuga aloqador