Amnesty Qrim demografiyasi boʻyicha hisobotini eʻʻlon qildi
Amnesty International Rossiyaning Qrimni bosib olganiga 10 yil toʻlishi munosabati bilan yarimoroldagi demografik vaziyat boʻyicha hisobotini eʻʻlon qildi. Tashkilotning bildirishicha, Rossiya rasmiylari soʻnggi oʻn yil ichida taʻʻlim, din, ommaviy axborot vositalari va sud tizimi kabi sohalardagi koʻplab cheklovlar orqali ukrain va qrim-tatar identifikatsiyasini yoʻq qilishga uringan.
Amnesty
International inson huquqlari tashkiloti dushanba kuni Rossiya 2014 yil 18 mart
kuni rasman yarimorolni annektsiya qilganidan beri Qrimdagi ukrain va qrim-tatar identifikatsiyasini
yoʻqotishga urinayotganini maʻʻlum qildi. Xalqaro tashkilotga koʻra, xuddi shu siyosat
Ukrainaning annektsiya qilingan boshqa hududlariga ham tegishli.
“10 yillik
ishgʻol davomida Rossiya Ukrainani Qrim ustidan suverenitetdan mahrum qilish uchun
barcha imkoniyatlarni ishga soldi”, deyiladi hisobotda. Tashkilot Moskva siyosatini
yarim orolning “etnik tarkibini oʻzgartirish”ga qaratilgani bilan tavsifladi.
“Bu
siyosat, shubhasiz, Rossiyaning oʻzi bosib olgan Ukrainaning boshqa hududlarida ham harakat
qilish rejasini aks ettiradi”, — deyiladi bayonotda.
Tashkilotning
bildirishicha, Rossiya rasmiylari soʻnggi oʻn yil ichida taʻʻlim, din, ommaviy axborot
vositalari va sud tizimi kabi sohalardagi koʻplab cheklovlar orqali ukrain va
qrim-tatar identifikatsiyasini yoʻq qilishga uringan.
“Oʻquv
dasturlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va ukrain tilidagi taʻʻlimni deyarli butunlay
yoʻq qilish yosh avlodning Qrim tarixi bilan bogʻliq boʻlgan rus talqiniga qarshi tura
oladigan bilim va tushunchalarga ega boʻlmasligini taʻʻminlashga qaratilgan”, — deyiladi hisobotda.
"Bu
barcha mustaqil ommaviy axborot vositalarini boʻgʻish, diniy ozchiliklar va ularning
urf-odatlarini bostirish, madaniy bayramlarni oʻtkazishini taqiqlash bilan
mustahkamlanadi", —deya xabar berdi inson huquqlari tashkiloti.
Hisobotda
keltirilishicha, 2001 yilda Ukraina tomonidan oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish jarayonida
yarimorolda yashovchilar soni 2,4 mln dan ziyodroq boʻlgan. 125 etnik elat ichida ruslar
eng katta guruhni 60% tashkil qilgan, undan keyin esa ukrain (24%) va qrim
tatarlari (12%) turgan. 2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan annektsiya qilinganidan
soʻng, Rossiya hukumati oʻsha yilning sentyabrʻ oyida aholini roʻyxatga olish oʻtkazgan
va unda aholi sonining umumiy kamaygani, ammo ruslar ulushi 65 foizga koʻpaygani,
ukrain va qrim tatarlari soni mos ravishda 15 va 10 foizga kamaygani qayd etilgan.
Maʻʻlumot
uchun, Qrim 2014 yil 18 mart kuni Rossiya harbiylari tomonidan rasman ishgʻol qilingan
edi. Unga qadar yarimorolda Ukrainaning yangi hukumati tarafdorlari va
rossiyaparast faollar oʻrtasida qarama-qarshiliklar kuzatilgan, 2 kishi halok
boʻlgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi.