Dunyoviy davlatda radikalizm va umuman radikallashuvning asl sabablari
Oxirgi vaqtlarda ayrim noxolis va maqsadi jamiyatni ikkiga boʻlish hisoblangan ommaviy axborot vositalari “dunyoviy jamiyatda radikallashuv kuchayib bormoqda”, “uni oldi olinmasa, xilofat va shariatga asoslangan davlat oʻrnatiladi” kabi ogohlantirishga asoslangan “daʻʻvat”lari keng tarqalmoqda.
Xoʻsh, bunday iddaolar va “daʻʻvatlar” statistik, ilmiy dalillar yoki soha boʻyicha ekspertlarning xulosalari asosida aytilmoqdami?! Yoki ayrim islomofob, jamiyatni ikkiga boʻlmoqchi boʻlayotgan, gʻaraz niyatli, xalqning milliy, tarixiy, eʻʻtiqodiy muqaddasotlarini yoʻq qilmoqchi boʻlayotgan radikal ateist va radikal liberal jamoalari, oʻzlarining asossiz va isbotlanmagan dalillari bilan, ong va tafakkurni zaxarlashmoqchimi?!.
Biz esa ular iddao qilayotgan “faktlar”ga ilmiy va isbotlangan faktlar bilan javob beramiz. Bizni keltiradigan gaplarimiz ilmiy dalillar bilan asoslangan, ehtiros va quruq gaplar bilan emas.
Demak, dunyoviy davlat deganda eng avvalo teng huquqli, erkinlik taʻʻminlangan huquqiy-demokratik davlat tushuniladi. Yaʻʻni dunyoviy davlat degani ateizm degani emas. Dunyoviy davlatning asosi bu aynan dindor va dinsiz qatlamning eʻʻtiqod huquqlarini bir dek himoya qilish degani. Buni afsuski ayrim yuqorida keltirilgan radikal guruhlar boshqacha talqin qilib, dindor qatlamni “radikal”ga chiqazib, oʻzlarini liberal deb nomlab, dunyoviy davlat tushunchasi va tamoyilini anglamagan holda iddaolar bilan chiqishmoqda.
Dunyoviylikning asosiy ikkita maqsadi mavjud boʻlib, bular birinchisi jamiyatdagi har xil konfessiya va diniy qarashlarga mansub shaxslar qonun oldida tengligi, ikkinchisi hech qaysi bir diniy qatlam qonun tomonidan diskriminatsiya qilinmasligi belgilangan.
Ammo, yuqorida aytganimizdek dindorning diniga eʻʻtiqod qilishini “radikallashuv” deb nomlayotganlar aslida jamiyat uchun real tahdid tugʻdirishmoqda.
Masalan, Frantsiyada “sekulyar (dunyoviy) radikallik” atamasi paydo boʻldi. Bu hukumat tomonidan diniy qatlamga nisbatan qabul qilingan taqiqlar bilan bogʻliq. Masalan,15 mart 2004 yilda frantsuz maktablarida oʻquvchi qizlarning roʻmol oʻrab kelishiga taqiq, 2011 yilda jamoat joylarida ibodat marosimlarini qilishga taqiqlar sabab jamiyatda radikalizm kuchayishiga, “sekular radikallik”ni rivojlanishiga va dindorlarning huquq va erkinliklarini buzilishiga olib keldi. Buning natijasida hukumat koʻplab noroziliklarga sabab boʻldi.
Hozirgi huquq olimlari, jumladan Raymon Veks, Fredrik Jadson, Genri Jorj Takker va yana boshqalari sekulyarizm printsipini davlatlar tomonidan xato talqin qilinishi, dunyoviylik davlat boshqaruvi deganda diniy erkinliklarni cheklash degan xato tushunchalar olgʻa surilayotgani tashvishli holat ekanligini taʻʻkidlashmoqda. Yaʻʻni “sekulyar radikallik” dinni batamom davlat va jamiyat hayotidan ajratishga intilish hisoblanadi. Va buni biz yuqorida keltirgan ayrim shaxslarning iddaolarida koʻrishimiz mumkin.
“Sekulyar radikallik” quyidagilari hisoblanadi:
1. Diniy belgilarga nisbatan qattiq cheklovlar:
Jamoat joylarida, maktablar va hukumat muassasalarida diniy kiyim va ramzlarni kiyishni taqiqlash.
2. Diniy taʻʻlimni cheklash:
Davlat maktablarida diniy taʻʻlim berishni taqiqlash va oʻquv dasturlaridan diniy mazmunni olib tashlashga undash.
Diniy maktablarni dunyoviy taʻʻlim standartlariga rioya qilishga majburlash.
3. “Dunyoviy” “qadriyatlar”ni targʻib qilish:
Diniy qadriyatlarga zid boʻlgan “qadriyatlar”ni, jumladan LGBT, feminizm, “yalangʻoch” kunlar, diniy muqaddasotlarni tahqirlash va boshqalarni faol targʻib qilish.
Ommaviy axborot vositalari, sanʻʻat va taʻʻlim orqali jamiyatni axloqsizlikka chaqirish, dindor qatlamga diniy maʻʻlumotlarni olishni cheklash va boshqalar.
Bularning natijasida jamiyatda dindor boʻlgan iqtisodchi, texnik, injener, shifokor, oʻqituvchi va boshqalarni ommatan oʻsha yurt va jamiyatni tark etishiga olib kelishi, bu esa oʻz navbatida davlatni inqirozlar hamda ijtimoiy muammolarga olib kelishi aniq boʻladi.
Bu jamiyatda juda katta diniy “ochlikni”, aynan oʻsha qoʻrqib turilgan “radikalizm” kuchayishiga olib kelishi, eng xatarlisi jamiyatda noroziliklarga va qadriyatlarni keskin ravishda buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun dunyoviylik (sekulyarizm)ni qoʻllash va talqin qilish oʻsha jamiyat va davlatning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini inobatga olgan holda belgilash lozim boʻladi.
Bularni aksini qilgan toʻliq sekulyar boʻlgan Frantsiya davlatining xatosidan oʻrnak olish lozim. Taqiqlar bilan emas, huquqlar bilan dunyoviylik printsipini jamiyatga taqdim qilish kerak.
Jamiyatni asossiz qoʻrquvlar, diniy rasm-rusmlarga boʻlgan taqiqlar, diniy taʻʻlim muassasalari va ibodatxonalarini borini yopish - bularinng barchasi aynan dunyoviylik printsiga zid qarorlar hisoblanadi. Fikrimizcha, jamiyatda dindorlardan emas, radikal islomofoblardan qoʻrqish, ularni nazorat qilish, aynan ularni faoliyatiga chek qoʻyish fursati etdi! Ular tomonidan aytilayotgan har bir iddaoning ilmiy dalilini soʻrash vaqti keldi! Millatni va jamiyatimizni, Oʻzbekistondek tinch oʻlkamizni butun tarix mobaynida faqatgina yuksaltirgan diniy muqaddasotlarini himoya qilish vaqti keldi!