Bayden maʻʻmuriyati amerikalik musulmonlarga Trampning yomonroq ekanini eslatdi
Bayden maʻʻmuriyati Isroil-Falastin mojarosi boʻyicha prezidentning noaniq harbiy siyosati tufayli musulmonlarning ovozlarini yoʻqotish xavfidan tobora koʻproq tashvishlanmoqda, deb yozdi The Hill.
Jamoatchilik fikridagi bunday jiddiy oʻzgarishlarni kuzatgan Bayden kampaniyasi musulmonlarga respublikachi Tramp koʻp jihatdan Baydendan ham yomonroq ekanini eslatishga qaror qildi.
“Respublikachilar kampaniyasi ochiqdan-ochiq islomofobik kampaniyani davom ettirar ekan, jumladan, Donalʻd Trampning musulmonlarga qarshi taqiqini qoʻllab-quvvatlayotgani kelgusi yilgi saylovlar uchun tikilgan dovlar mantiqan baland boʻlishidan darak beradi”, - dedi Bayden maʻʻmuriyati rasmiysi.
“Falastin-Amerika jamoasida, arab hamjamiyatida [Bayden tomonidan] xiyonat sodir etilgani hissi bor”, - deydi Vashingtondagi Arab Markazi siyosatshunosi va tadqiqotchisi Yusuf Munaer.
Avvalroq amerikalik musulmonlar Isroilning Gʻazodagi urushi boʻyicha AQSh prezidenti tutgan yoʻldan norozi boʻlib, unga qarshi “Baydendan voz kechish” kampaniyasini boshlashni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.
Qayd etish
joizki, oʻtgan yillarda amerikalik musulmonlar asosan demokratlarni
qoʻllab-quvvatlagan, biroq oktyabrʻ oyidan boshlab diniy jamiyatning demokratlarga
xayrixohligi pasaygan – Baydenning Gʻazodagi urush borasida aytgan gaplari musulmon saylovchilarning ishonchini tobora yoʻqotmoqda.