03.11.2024 08:00

“Amerika orzusi” ushalgan musulmonlar oʻz qadriyatlarini qanday saqlab qolishmoqda?

Arab va musulmon muhojirlar oʻz yurtlarini tark etar ekan, qalblarida porloq bir orzu bilan Qoʻshma Shtatlar tomon yoʻl olishadi. “Imkoniyatlar yurti”da ular rivojlangan taʻʻlim tizimi, daromadli ish va farovon hayotga erishishni maqsad qilishadi. Ammo xilma-xillik va mulʻtikulturalizm (turli madaniyatlar) mavjud boʻlgan bu oʻlkada muhojirlar islomiy qadriyatlari va odatlari bilan yangi va begona bir hayot tarzi oʻrtasida muvozanat saqlashga majbur boʻlishadi. Aslida haqiqiy sinov shu erdan boshlanadi. Xoʻsh, musulmonlar okean ortida dinini saqlab qola olishadimi yoki integratsiyalashuv ustun keladimi?

Gap ularning farzandlariga kelganda vaziyat yanada murakkablashishini ham aytish joiz. Aynan shu erda xususiy maktablar bolalarni muhofaza qilish va ularning jamiyatga moslashuvida yordamchi vositaga aylanadi.

Amerika konstitutsiyasi, diniy erkinlikni va xususiy taʻʻlim obʻʻektlarining daxlsizligini taʻʻminlaydi, shu jumladan, xususiy diniy taʻʻlim maktablarini tashkil etishga ruxsat beradi. Islomiy maktablar davlat tomonidan tasdiqlangan ilmiy dasturni oʻrgatishga masʻʻuldir. Faqat talab qilingan akademik standartlarga javob bergan holdagina ular mazkur huquqlaridan foydalanishi mumkin.

AQSh Konstitutsiyasi din erkinligini va xususiy diniy taʻʻlim muassasalarini tashkil etish huquqini kafolatlaydi. Shuningdek, ota-onalarga farzandlari uchun mos taʻʻlimni, misol uchun, xususiy diniy taʻʻlimni tanlash huquqini beradi.

Qoʻshma Shtatlarda islomiy maktablarning paydo boʻlishi, oʻtgan asrning 60 – 70-yillariga, musulmon mamlakatlardan immigratsiyaning ortishi va musulmon jamoalarining kengayishiga borib taqaladi. Ayniqsa, 1965 yilda “Hart-Seller” deb nomlanuvchi immigratsiya qonuni qabul qilinganidan keyin bunday maktablarning soni koʻpaydi.

Islomiy maktablardan eng qadimiysi 60-yillarda asos solingan Nʻyu-Yorkdagi “Sister Clara Muhammad” maktablar tarmogʻi boʻlib, ushbu tarmoq Qoʻshma Shtatlardagi xususiy diniy maktablar orasida akademik oʻquv dasturlari bilan bir qatorda integratsiyalashgan islomiy taʻʻlim berish jarayonini olib borgan ilk taʻʻlim dargohlaridan edi.

Keyinchalik Amerikaning boshqa shtatlarida ham islomiy maktablar tashkil etildi. Ularda koʻp sonli musulmon oilalarning farzandlari oʻqimoqda. Oʻz oʻrnida savol paydo boʻladi: nega muhojirlar farzandlarini xususiy maktablarga berishni maʻʻqul koʻryapti? Ular davlat maktablaridan nimasi bilan ajralib turadi?

Al Jazeera telekanali jurnalisti ushbu savollar bilan ayni damda Amerikada hayot kechirayotgan ota-onalarga yuzlandi. Ular telekanalga farzandlarini islomiy maktablarga yuborish sabablarini soʻzlab berdi.

Nahla Muhammadning aytishicha, uning oilasi allaqachon bu haqda bir qarorga kelgan edi. Yosh ona qizini Amerika davlat maktabidan Michigan shtatidagi islom maktabiga oʻtkazish borasida ikkilanmadi. Bu dargohda 300 mingga yaqin musulmon bolalar oʻqiyotgan boʻlib, ularning yarmi arab millatiga mansub. Nahlaning fikricha, masjidlar va islom markazlari tomonidan Qurʻʻon, eʻʻtiqod asoslari va arab tilini oʻrgatuvchi shanba-yakshanba kurslari qizini tarbiyalash uchun etarli emas. Bundan tashqari, u ona sifatida boshqa tushunchadagi bolalar orasida farzandining tazyiqlarga duch kelishini istamaydi. Unga tanish oila qizlaridan biri sinfdoshlari tomonidan kamsitilishdan qoʻrqib, onasidan mashinasidan taralayotgan Qurʻʻon tilovati ovozini pasaytirishni soʻragan, yana bir qiz esa oʻquvchilar uni masxara qilganidan keyin onasining hijobidan uyalishni boshlagan.

Yana bir voqea: Kaliforniya shtati qonunlari 12 yoshdan oshgan maktab oʻquvchilariga ota-onalarining roziligisiz oʻz jinslarini oʻzgartirishga ruxsat beradi. Shu bilan birga ularning shaxsiy maʻʻlumotlari oshkor etilmasligini kafolatlaydi. Shu sabab Toriq ismli musulmon muhojir 2023 yilning yozida oilasi bilan Kaliforniyadan Floridaga koʻchib oʻtadi.

Kaliforniya Qoʻshma Shtatlardagi eng katta musulmon jamiyatiga ega boʻlsa-da, Toriq oʻz farzandlarining sof eʻʻtiqodini saqlab qolishi uchun xavfsizroq muhitga olib oʻtishga qaror qiladi.

Pew tadqiqot markazi maʻʻlumotlariga koʻra, Kaliforniyada 1 millionga yaqin aholiga xizmat qiluvchi 30 ga yaqin islomiy maktablar mavjud. Shuningdek, oʻsmirlar va yoshlarning 69 foizi (11-18 yosh oraligʻidagi) bunday maktablarda oʻzlarini xavfsiz his qilishadi.

Telekanalning yana bir suhbatdoshi – Imonga kelsak, u ikkinchi avlod muhojir: otasi 1970 yillarning oxirida Livandan Amerikaga koʻchib kelgan. Shunga qaramay, u islomiy muhitda bolalarni tarbiyalash fikrini toʻligʻicha qoʻllab-quvvatlaydi va dinini saqlab qolish Amerika jamiyatidan ajralib qolish degani emasligini taʻʻkidlaydi.

Florida – Qoʻshma Shtatlardagi eng koʻp islomiy maktablar yoki eng koʻp musulmon aholiga ega hudud boʻlmasa-da, musulmon muhojirlar uchun nisbatan afzalroq joy hisoblanadi.

Bu shtat 2020 yildan buyon iqtisodiy imkoniyatlari, iliq iqlimi va qulay soliq siyosati orqali xorijliklarni oʻziga jalb qilib keladi.

Ushbu shtatdagi AYA maktabi – Qoʻshma Shtatlardagi eng qadimgi islomiy maktablardan biridir. Ushbu maktab 1992 yilda musulmon yoshlarga arab tili va diniy fanlarni oʻrgatish uchun tashkil etilgan.

Maktab oʻz faoliyatini bir necha oʻn yillar avval cheklangan miqdordagi oʻquvchilar bilan boshlagan va bugungi kunda u bolalar bogʻchasidan tortib to oʻrta maktabgacha turli taʻʻlim bosqichlarida 1200 nafar oʻquvchini qamrab oladi.

120 ming kvadrat metr maydonda, zamonaviy uslubda barpo etilgan ushbu maktab Florida shtatidagi Xalqaro Bakalavr (IB) dasturi tomonidan akkreditatsiya qilingan yagona islomiy maktabdir.

AYA maktabi direktori doktor Dalal Qahhuqning aytishicha, oʻqituvchilarning maqsadi nafaqat diniy bilim berish, balki islomiy qadriyatlar va eʻʻtiqod bilan bogʻliq integratsiyalashgan taʻʻlim jarayoni orqali talabaning shaxsiy koʻnikmalarini rivojlantirishdir.

Maktabda ham AQSh standartlariga, hamda xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Madaniy almashinuv tadbirlarini tashkil etishdan tashqari, maktab fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga qaratilgan STEM dasturlarini ham taqdim etadi. Maʻʻmuriyat talabalar kengashida ekskurtsiyalar bilan birga turli mavzularda bahs-munozaralar oʻtkazishni ham kanda qilmaydi.

“Biz sport musobaqalariga alohida eʻʻtibor qaratamiz, chunki Islomda ilm olish bilan birgalikda sport orqali tanani chiniqtirish ham nazarda tutiladi. Ayni paytda badiiy faoliyat koʻrgazmasini ham tashkil etmoqchimiz”, deydi Qahhuq.

AYA direktori taʻʻlim muassasasida chizmachilik va xattotlik sanʻʻati bilan bir qatorda, bolalar kompʻyuterdan va uch oʻlchamli predmetlardan foydalangan holda oʻzlarining raqamli sanʻʻat asarlarini namoyish etish istagida ekanini bildirgan.

Qurʻʻon va islomshunoslik kafedrasi mudiri Doktor Maan Al-Solihning bildirishicha, “maktabda arab tili barcha talabalar uchun ikkinchi til deb qabul qilingan. Oʻquvchilar arab tili saviyasiga qarab klassifikatsiyalashtiriladi va yangi kelgan, hali moslashib ulgurmagan talabalarga uch oy davomida arab tili oʻrgatiladi. Bu jarayonda esa islomiy ilmlar ingliz tilida oʻqitib boriladi”.

“Biz har doim talabalar va ularning oila aʻʻzolari bilan muloqotda boʻlishga, hatto ular bilan talabalarning Islom haqidagi shaxsiy tushunchalarini va moʻʻʻtadil islomiy qadriyatlar masalasini muhokama qilishga tayyormiz”, deydi u.

Maktab partalaridan birida oʻtirgan Yusuf Hamza dasturchi muhandis boʻlishni orzu qiladi. Bu orzusini amalga oshirish yoʻlida u dasturlashni bir necha yil oldin oʻrgana boshlagan va hozirda oʻzidan kichik bolalarga oʻrgatmoqda. Yusuf tuman miqyosidagi ilmiy koʻrgazmalarda qatnashib, shtat ichidagi musobaqalarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, u maktabning basketbol terma jamoasi tarkibida oʻynaydi va shtat ichidagi islomiy va noislomiy maktablarga qarshi rasmiy musobaqalarda qatnashadi.

Uning maktabdagi dars soatlari akademik mashgʻulotlar bilan boshlanadi va peshin namozi bilan davom etadi. Bu paytda oʻquvchilar masjidda namozga jamlanib, bir oʻquvchi imomligida Qurʻʻondan oyatlar oʻqiladi va hadislar tinglanadi. Shundan soʻng, ular yana darslariga qaytishadi.

“Har kuni Qurʻʻon oʻqishni davom ettirsak, yil oxiriga kelib uni toʻliq xatm qilamiz,” deydi Yusuf.

Oʻninchi sinf oʻquvchisi Layan Rousan esa bu erda hijobda ekanligi tufayli koʻplab faoliyatlardan mahrum etilmaganini aytib faxrlanadi.

Amerikada tugʻilgan bu qiz stomatolog boʻlishni orzu qiladi va Al Jazeera bilan suhbatda shunday dedi:

“Hijobda ekanligimdan koʻnglim toʻq. Kelgusida universitetga kirganimda ham qadriyatlarimga sodiq qolaman”.

Maktabdan chiqishdan oldin, kichkina tayyorlov sinfi oʻquvchilari maktab oshxonasiga tushlik uchun ketayotganini koʻrdik. Ular bolalarga xos ovozda, Allohning neʻʻmatlariga shukronalikni ifodalovchi duolarni birgalikda aytib borishardi.

Aytish joizki, AQShda taxminan 270 dan 300 tagacha islomiy maktablar mavjud boʻlib, ular odatiy akademik fanlar bilan bir qatorda diniy taʻʻlimni ham oʻz ichiga olgan oʻquv dasturlarini taklif etadi. Ushbu maktablar bolalar bogʻchasidan tortib to oʻrta maktabgacha boʻlgan turli taʻʻlim darajalarida faoliyat yuritadi va AQShdagi oʻsib borayotgan musulmon jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga aloqador