Venadagi boshlangʻich maktablarda islom eng ommabop dinga aylandi
Taʻʻlim departamenti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Islom Venadagi boshlangʻich maktablar oʻquvchilari oʻrtasidagi eng ommabop din ekani maʻʻlum boʻldi. Maʻʻlumotlarga koʻra, Davlat boshlangʻich maktablaridagi oʻquvchilarning 35 foizi musulmonlar, 21 foizi katoliklar, 13 foizi oʻzini pravoslav deb hisoblaydi, 26 foizi esa hech qanday dinga eʻʻtiqod qilmaydi.
Taʻʻlim
departamentining Venadagi boshlangʻich maktablardagi diniy eʻʻtiqodlar boʻyicha
oʻtkazgan tadqiqotiga koʻra, Islom oʻquvchilar oʻrtasidagi eng ommabop din deb
topildi. Bu haqda Austria Today xabar bermoqda.
Davlat
boshlangʻich maktablaridagi oʻquvchilarning 35 foizi musulmonlar, 21 foizi
katoliklar, 13 foizi oʻzini pravoslav deb hisoblaydi, 26 foizi esa hech qanday
dinga eʻʻtiqod qilmaydi.
Rasmiy
maʻʻlumotni seshanba kuni vitse-burgomaster va shahar taʻʻlim kengashi (NEOS) aʻʻzosi Kristof Viderker taqdim etdi. U
musulmon yoshlarning dindorligini va ularning Evropa qadriyatlariga zidligini
koʻrib, birinchi sinfdan boshlab barcha oʻquvchilar uchun «Demokratiya sharoitlarida
yashash» darslarini majburiy oʻtkazishga chaqirdi.
Bundan
maqsad demokratiya, qadriyatlar va axloq, shuningdek, dunyoning asosiy dinlari
haqida bilim berishdan iborat ekani aytildi.