15.12.2023 17:47
AQShda musulmon oʻquvchi qizga "boshingni kesib tashlayman", deya tahdid qilgan oʻqituvchi hibsga olindi
AQShning Jorjiya shtatida oʻqituvchi muslima oʻquvchi qizga dars vaqtida jismoniy shikast etkazish bilan tahdid qilgani uchun hibsga olindi, deya xabar bermoqda IslamNews CNN`ga tayangan holda.
Xabarda qayd etilishicha, Jorjiya shtatidagi Uorner Robins maktabining 13 yoshli oʻquvchisi 51 yoshli oʻqituvchi Benjamin Rizning sinf xonasiga keladi va u erda Isroil bayrogʻini koʻrib hayron qoladi.
Muslima qiz oʻqituvchiga sinfda Isroil bayrogʻi borligidan xafa boʻlganini ochiq aytadi. Oʻqituvchi esa gʻazablanib, qizni haqoratlab, uning “boshini kesib olaman” deb baqira boshlaydi.
Voqeaga shohid boʻlgan katta yoshli guvoh Riz oʻzini yahudiy deb atagani va musulmon talabaning boʻgʻzini kesish bilan tahdid qilganini taʻʻkidlagan.
Baxtsiz oʻqituvchi oʻsha kuniyoq hibsga olinib, bir qancha jinoiy moddalar bilan ayblangan. "Biz Benjamin Rizga qarshi tezkor chora koʻrilganini, jumladan, uning ayblov xulosasi va bolaga dahshatli tahdidlar qilgani uchun hibsga olinishini olqishlaymiz", dedi Azka Mahmud, Amerika-Islom munosabatlari kengashining (SAIR) Jorjiya direktori.