04.01.2024 08:24

AQShda masjid imomiga oʻqotar quroldan hujum qilindi

AQShning Nʻyu-Jersi shtatida masjid imomiga oʻqotar quroldan hujum qilindi, u ogʻir tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Amerikaning Nʻyu-Jersi shtati Nʻyuark shahrida musulmon diniy arbob otib tashlandi va ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi ABC telekanali.

Uning soʻzlariga koʻra, hujum chorshanba kuni ertalab Masjidi Muhammad masjidi yaqinida sodir boʻlgan.

“Ismi oshkor etilmagan imom ogʻir ahvolda universitet kasalxonasiga etkazildi”, — deb xabar berdi telekanal.

AQSh hukumati Yaqin Sharqda Falastin-Isroil mojarosi kuchayib borayotgan bir paytda Qoʻshma Shtatlarda ham antisemitizm, ham islomofobiya kuchayishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Avvalroq Falastin-Isroil urushi manzarasida AQShda musulmonlarga nisbatan nafrat-adovat hodisalari 172 foizga oshgani haqida yozgan edik. 

Mavzuga aloqador