Tramp qayta saylansa, “muhojirlarni deportatsiya qilish” vaʻʻdasini takrorladi
AQShning sobiq prezidenti Tramp qayta saylansa, “muhojirlarni deportatsiya qilish”ga vaʻʻda berganini yana bir bor takrorladi.
AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp saylovoldi kampaniyasi
doirasida Nevada shtatida oʻtkazgan yigʻilishda saylansa, mamlakatdan muhojirlarni
yuborish majburiyatini yana bir bor bildirdi, deya xabar bermoqda CNN.
Muhojirlar
“AQShga bostirib kirganini” taʻʻkidlagan Tramp saylansa, migrantlar “mamlakat
tarixidagi eng katta deportatsiya”ga duchor boʻlishlari haqidagi vaʻʻdasini
takrorladi.
Muhojirlar
bilan bogʻliq siyosat kengaytirilishini taʻʻkidlagan Tramp: "Federal huquqni
muhofaza qilish kuchlarining katta qismi immigratsiya bilan bogʻliq boʻlinmalarga
oʻtkaziladi, mamlakat tashqarisidagi kuchlarning bir qismi janubiy chegaraga
tortiladi", - dedi.