26.03.2024 09:51

Instagram siyosiy kontentlarga cheklovlar kiritdi

Meta kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmogʻiga “siyosiy kontent” sozlamasini kiritdi. Oʻzgarish "hukumatlar, saylovlar yoki odamlarning katta guruhiga va/yoki butun jamiyatga taʻʻsir qiladigan ijtimoiy muammolarga ishora qilishi mumkin boʻlgan" xabarlarga taʻʻsir qiladi. Siyosiy faollar, jumladan Falastin tarafdorlari platformani tsenzurada ayblamoqda.

Instagram algoritmlarida yangilanish yuz berdi – endilikda foydalanuvchilar oʻz yangiliklar tasmasidagi siyosiy kontent miqdorini cheklashi mumkin boʻladi, deb yozmoqda TRT.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi ushbu funktsiyani foydalanuvchilarni xabardor qilmasdan avtomatik ravishda ishga tushirgan. Tarmoqning sozlamalar qismiga qoʻshilgan “siyosiy kontent” boʻlimi “po umolchaniyu”, yaʻʻni dastlabki sozlamalar holatida “oʻchirish” qismi yoqilgan holatda boʻladi. Biroq foydalanuvchilar uni qoʻlda “cheklamaslik”ka oʻzgartirishlari mumkin.

Yangi oʻzgarish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining norozilik toʻlqiniga sabab boʻldi. Siyosiy faollar, jumladan Falastin tarafdorlari platformani tsenzurada ayblamoqda.

Koʻrsatmalarda aytilishicha, oʻzgarish "hukumatlar, saylovlar yoki odamlarning katta guruhiga va/yoki butun jamiyatga taʻʻsir qiladigan ijtimoiy muammolarga ishora qilishi mumkin boʻlgan" xabarlarga taʻʻsir qiladi.

Platformani faol tsenzurada ayblagan foydalanuvchilar oʻzlarining noroziliklarini bildirish uchun X – sobiq “Tvitter”ga murojaat qilishdi.

“Ular bizdan togʻlar, bayramlar, goʻzal portretlar, gullar va boshqa narsalar tasvirlarini nashr etishimizni xohlashyapti. Ular bizda Falastin, Kongo, muhojirlar, suverenitet, tub aholi harakati, atrof-muhit adolati va irqchilik bilan bogʻliq juda koʻp kontentga ega deb oʻylashadi”, deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Koʻpgina faollar ijtimoiy media platformalaridan, jumladan Instagram`dan maʻʻlumot tarqatish, norozilik namoyishlarini uyushtirish va safarbarlikning boshqa shakllaridan foydalanadi. Isroilning Gʻazo sektoriga bostirib kirishi boshlanganidan buyon falastinlik jurnalistlar va fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari asosiy axborot manbalariga aylandi. Chunki Isroil hukumati xalqaro ommaviy axborot vositalarining Gʻazo sektoriga kirishini taqiqladi.

Falastinliklar, shuningdek, Isroil harakatlari tufayli tez-tez telekommunikatsiyalar uzilib qolayotgan bir paytda, yordam soʻrash yoki yaqinlari haqidagi yangiliklarni bilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. Dekabrʻ oyida Human Rights Watch (HRW) hisobotida Instagram  va Facebook ijtimoiy tarmoqlarini boshqarayotgan Meta kompaniyasini tizimli ravishda Falastin haqidagi kontentlarni tsenzura qilayotganlikda aybladi.

"Ijtimoiy tarmoqlar odamlarning guvohlik berishi va huquqbuzarliklarga qarshi chiqishi uchun muhim platformadir va Meta  tsenzurasi Falastin azobini yoʻq qilib koʻrsatishga hissa qoʻshadi", dedi HRW texnologiya va inson huquqlari boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Debora Braun.

Fevralʻ oyida Instagram oʻz bayonotida foydalanuvchilar kuzatmaydigan akkauntlardagi siyosiy kontentni "proaktiv ravishda tavsiya etishni" toʻxtatishini, siyosat mavzusini esa oʻzining Threads (X ijtimoiy tarmogʻining muqobili – tahr.) boʻlimiga keng yoritishini maʻʻlum qildi.

Biroq koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Instagram`ni AQSh va boshqa mamlakatlarda muhim saylovlar boʻlib oʻtishi kutilayotgan yilda siyosiy muhokamalarni cheklashda ayblashdi. Ularning fikricha, shu yoʻl bilan siyosiy faollar propagandaga qarshi turishda koʻpgina imkoniyatlardan mahrum boʻlishadi. 

Mavzuga aloqador