05.12.2023 22:01

Soʻz erkinligi va Gʻazo qirgʻini: axborot vositalarida ikkilanma mezonlar

Soʻz erkinligi Gʻarbu Sharqdan, Janubu Shimoldan qatʻʻi nazar insonning va insoniyatning ajralmas huquqidir. U zamoni va makonidan, millati va irqidan, dini va eʻʻtiqodidan qatʻʻi nazar hamma va har kim uchundir. Faqat shu asnoda tushunilganda va amal qilganda hayotbaxshdir.

Xalqaro standarlarga koʻra soʻz erkinligi jamiyatning bilmoq huquqidir, hamma voqea va xodisalarni haqqoniy bilmoqdir. Voqea xodisalarni notoʻgʻri, asliga nomuvofiq etkazish soʻz erkinligiga ziddir. Shu bilan birga jamiyat, insoniyat ogoh boʻlishi, bilishi kerak boʻlgan maʻʻlumotlarni aytmay turish, biryoqlama xabar qilish, axborotni berkitish, jim turish ham soʻz erkinligiga va ommaviy axbrot vositlari erkinligiga ziddir, xiyonatdir.

Soʻz erkinligi rost soʻzlash huquqi va yolgʻon soʻzlamaslik imkoniga boʻlmoqdir.

Bilganimizga koʻra, mubin dinimiz Islomda mudom haqda turib, rost soʻzlashga daʻʻvat etiladi. Chunki yolgʻon oqibatda xiyonat, tuhmat, boʻhton, shirk kabi qabihliklarga sudraydi. Rusululloh sollallohu alayhi vasallam xavfu xatar koʻrsak ham, rost soʻzlashni, garchi foyda koʻrib turgan boʻlsak ham, yolgʻondan saqlanishimizni amr etganlar. Alloh taolo Qurʻʻoni karimda yolgʻonchi, yoʻldan ozgan va adashganlarni qattiq ogohlantirgan. Dinimiz yolgʻon guvohlik berishni Allohga shirk keltirish bilan barobar katta gunoh hisoblaydi. Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, «Rusululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga katta gunohlar haqida xabar beraymi?” deb soʻradilar. Biz: “Ha ayting, yo Allohning rasuli!” dedik. Shunda u zot: “Allohga biror narsani sherik qilmoq, ota-onaga oq boʻlmoq”, deb suyanib turgan joylarida oʻtirib oldilar-da: “Ogoh boʻlinglar, yolgʻon soʻz va yolgʻon guvohlik berish”, deb takrorlayverdilar, hatto biz: “Qaniydi endi toʻxtasalar”, deb istab qoldik».

Rusululloh sollallohu alayhi vasallam yana bunday aytganlar: “Doimo toʻgʻrisoʻz boʻling. Chunki toʻgʻrisoʻzlik yaxshilikka etaklaydi, yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi toʻgʻri soʻzda davomli boʻladi va hatto Alloh taolo huzurida rostgoʻylardan deb yoziladi. Yolgʻondan saqlaning. Chunki yolgʻon gunohga olib boradi, gunohlar esa doʻzaxga etaklaydi. Kishi yolgʻon gapirishda davom etadi va hatto Alloh taolo huzurida yolgʻonchilardan deb yoziladi”.

Koʻrib oʻtganimizdek, soʻz erkinligi eʻʻtiqodimizdan ham kelib chiqadigan umuminsoniy qadriyatdir va dunyo hamjamiyati tomonidan eʻʻtirof etilgandir.

Afsuski, ana shu dunyo hamjamiyati va dunyo matbuoti bu umumeʻʻtirof etilgan xalqaro huquqlarga hamisha ham sodiq qolmayotir. Bu holatni ayni kunlarda ommaviy axborot vositalari negadir “Isroil-HAMAS urushi” deb ataydigan Isroil-Falastin qirgʻinida koʻrish mumkin.

Soʻngi xabarlarga koʻra, Gʻazo boʻlgasida halok etilganlar soni 13,3 ming insonni takil etdi va uning 5,6 mingi bolalardir. Yarador va majruhlarning soni 31 ming kishiga etgan.

Aljazeeraning xabariga koʻra yahudiylardan vafot etganlar soni 1,2 ming kishi va ularning deyarli bari mujodalaning ilk kunida vafot etganlardir. Shundan beri qirgʻin biryoqlama ketmoqda va dunyoning koʻz oʻngida falastin xalqi qirib yuborilmoqda.

Falastinning WAFA agentligi xabariga koʻra, kechagina BMTning qochqinlarga madad berish va ishlarni tashkil etish agentligiga (BAPOR) tegishli maktab oʻqqa tutilgan va kamida 12 inson oʻldirilgan. BMT esa “gumanitar sokinlik” berishni soʻrashdan nariga oʻtmayapti.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qurbonlar sonining miislsiz koʻpayganini qayd etadi: "Bir necha hafta ichida minglab bolalar oʻldirildi. Men BMT bosh kotibi boʻlganimdan beri hech bir nizoda bu qadar koʻp qotillik boʻlganini bilmayman”. Xuddi shu syujet davomida Ofir Falʻk – bosh vazir Binʻyamina Netanʻyaxuning maslahatchisi bayonot beradi: "Biz mutanosiblikni saqlayapmiz, HAMASni yoʻq qilyapmiz", deydi u CNN telekanalida. Negadir XAMASga deb otgan bombalari va oʻqlari faqat tinch aholiga, goʻdaklar va ayollarga tegmoqda, bu esa qator savollarni keltirib chiqaradi.

Gʻarb matbuoti aksariyat holatlarda ikkilanma mezonlar bilan harakat qilyapti va shu taxlit yashamoqda.

Yodingizdadir, Tolibon jazosi va bosimiga uchragan pokistonlik qizaloq Malala Yusufzay haqida butun dunyo yozdi va gapirdi. Uni BMT himoyasiga oldi va hozir u Britaniyada yashamoqda. Gʻazoda oʻlgan goʻdaklar-chi? Ular inson emasmi? Isroilning qoʻlidan oʻlgan va oʻlayotgan insonlar xalqaro huquq himoyasidan mosuvo etilganmi?

Boshqa bir voqeani eslaylik. AQShda politsiyachilar qora tanli Jorj Floydni hibsga olish jarayonida 2020 yil 25 mayida Minneapolisda boʻgʻib oʻldirib qoʻyishdi. Voqeani SNN, BBS, Evronʻyus kabi barcha xalqaro axborot korporatsiyalari, telekanallar uch oy davomida yoritdi. Hatto politsiyachi Derek Shovin uni bor-yoʻgʻi 8 daqiqa va 46 soniya ushlab turganigacha oʻrganildi. Chikago-avenyuning 38-chi chorrahasidagi qotillik qurboniga, olgan sigaretasi uchun toʻlagan 20 dollarlik puli soxta boʻlishi gumon qilingan qora tanliga butun dunyo achindi. Uning videotasviri va «Men nafas ololmayapman» (I can't breathe) chingʻirigʻi butun dunyoga tarqatildi.

Xoʻsh, Falastinda har soniya oʻldirilayotgan goʻdaklar, onalar va bolalarning nafas olish tugul, umri xazon boʻlayotgani nega dunyo matbuotini u qadar harakatga keltirmayapti?

Oʻsha politsiya oʻldirgan qora tanli xodisasi hatto kino qilindi va "Minneapolis inqirozi" nomi bilan dunyoga tarqatildi. Gʻazo qurbonlariga esa aksariyat dunyo matbuoti kooridadagi hoʻkizni pichoqlagan toreadorlarga qaraganday tomosha qilmoqda.

Oʻsha qora tanli xodisasidan soʻng dunyoda BLM (“Black Lives Matter” – "Qora tanlining hayoti ham muhimdir") degan harakat yuzaga keldi. Nega bugun “Gʻazo ahlining hayoti ham muhim” degan harakat dunyoga kelmayapti?!

Dunyoning bu yuzsizligiga bir chimdim haqiqiatni tonnalab yolgʻon ostiga koʻmib yuborayotgan ulkan texnologik tsenzorlarga aylangan xalqaro axborot korporatsiyalari ham sababchidir.

Men koʻproq Evronʻyusni koʻraman. Kecha garovdagilardan birining Gʻazodagi bombardimon qilingan binolardan birining chiqishida topilganini ham yozib, syujet qildi. U aslida isroilliklarning bombasidan halok boʻlgani koʻrinadi. Lekin uni yana terroristlarning qurboni qilib koʻrsatishyapti.

Oʻnlab syujetlarida Gʻazoda garovga olinganlarning oilalari bilan intervʻyular beradi. Ularning ota-onasi, oilasi kutayotganini soʻzlaydi. Gʻazoda oʻlayotganlarning ota-onasi, oilasidan nega ahvol soʻrashmaydi?

Inchunun, ahli inson bu sirada haqiqatni talab qilishi kimsasiz sahrodagi chaqirish kabi qolmoqda. Bugun Allohdan umid qilib, birgalikda harakat qilishda najot bor...

 

Abdulkarim BAHRIDDIN

Mavzuga aloqador