Sudanda vabo qurbonlari soni 252 nafarga etdi
Sudanning sakkizta viloyatida tarqalgan vabo kasalligiga chalingan soni 7296, epidemiya qurbonlari soni esa 252 nafarga etdi. Mamlakatda avj olgan qurolli toʻqnashuvlar sogʻliqni saqlash tizimini izdan chiqardi. Iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan yogʻingarchiliklar hamda suv toshqinlari esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Sudan
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatda vabo epidemiyasidan
halok boʻlganlar soni 252 nafarga etdi. Ayni paytda kasallik sakkizta viloyatida
tarqalgan. Ushbu hududlarda aniqlangan vabo bilan kasallanganlarning umumiy soni
7296 nafarga etdi.
Avvalroq, 12 avgust kuni Sudan hukumati vabo epidemiyasi avj
olgani haqida xabar bergan edi.
Vabo - zaharlangan oziq-ovqat yoki suv tanaga kirganda Vibrio
cholerae bakteriyasi keltirib chiqaradigan oʻtkir diareya infektsiyasi. Agar
davolanmasa, bir necha soat ichida oʻlimga olib kelishi mumkin.
Vabo
epidemiyasiga qarshi kurashish uchun suv taʻʻminoti hamda asosiy sanitariya-gigiena talablariga
rioya qilish talab etiladi. Biroq Sudanda davom etayotgan fuqarolar urushi,
sogʻliqni saqlash tizimidagi inqiroz, qolaverasa, iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan
yogʻingarchiliklar va suv toshqinlari ushbu epidemiyaga qarshi kurashni susaytirmoqda.
Epidemiya esa shusiz ham ochlik va uysizlikdan aziyat chekayotgan millionlab sudanlik
musulmonlar hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.