Sudanda vabodan vafot etganlar soni 56 nafarga etdi
Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi Kesele va Gadarif viloyatlarida 128 ta yangi vabo holati qayd etilgani, umumiy kasallanganlar soni 1351 nafarga etgani hamda ularning 56 nafari hayotdan koʻz yumganini maʻʻlum qildi. Mamlakatda davom etayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni esa 138 nafarga etdi.
Sudan
Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda vabo epidemiyasi tufayli hayotdan koʻz
yumganlar sonining 56 nafarga etganini bildirdi. Vazirlik bayonotida Kesele va
Gadarif viloyatlarida 128 ta yangi vabo holati qayd etilgani bildirildi.
Bayonotda
eʻʻlon qilingan yangi holatlar bilan jami kasallanganlar soni 1351 nafarga, vabo
tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni esa 56 nafarga koʻtarilgani qayd etildi.
Fuqarolik
urushi davom etayotgan bir paytda, sogʻliqni saqlash tizimining samarali
ishlamayotgani Sudandagi epidemiologik vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Boshqa
tomondan, bu yil mamlakatda kuzatilayotgan kuchli yomgʻir va toshqinlardan 18
shtatning 10 tasida 156 995 kishining zarar koʻrgani maʻʻlum qilindi.
Bayonotda,
suv toshqinlari oqibatida 16 188 uy butunlay, 14 099 ta uyning qisman qulagani
qayd etildi.
Sogʻliqni
saqlash vazirligining 27 avgust kuni maʻʻlum qilishicha, iyunʻ oyidan beri 10 shtatda
kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 138 nafarga etgan.
Sudanda
iyuldan oktyabrgacha boʻlgan yomgʻirli davrda suv toshqinlari va toshqinlar natijasida
har yili 100 dan ortiq odam halok boʻladi, oʻn minglab uylar, ish joylari va
qishloq xoʻjaligi erlari zarar koʻradi.