28.12.2023 09:19

Zimbabveda fevralʻ oyidan beri 13 mingdan ortiq vabo holati aniqlandi

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Zimbabveda vabo epidemiyasi bilan kasallanganlar soni 13 176 nafarga etgan.

Dekabrʻ oyida ichki sayohatlarning ortishi tufayli epidemiya kuchaygan boʻlsa, natijada mamlakatning 55 hududi, xususan poytaxt Xarareda ham vabo aniqlangan.

Hozirgacha 221 kishi epidemiyadan vafot etgan.

Rasmiylar fuqarolarni vabo epidemiyasiga qarshi ehtiyot choralarini koʻrish, gigiena qoidalariga eʻʻtibor berishga chaqirmoqda.

17 dekabrʻ kuni Zimbabve poytaxti Xarareda vabo epidemiyasi tufayli favqulodda holat eʻʻlon qilindi.

2008 yilda mamlakatda 100 mingdan ortiq vabo kasalligi qayd etilgan yirik epidemiyada kamida 4 ming kishi hayotdan koʻz yumgan.

Zimbabve Afrika janubidagi mamlakat boʻlib, 2022 yil holatida 15,1 mln nafarni tashkil etadi. Mamlakatda immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallanish darajasi ham yuqori. 2022 yilda, Markaziy razvedka boshqarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatning katta yoshli aholisidan 11,6 foizi ushbu xastalikka chalingan (infektsiya darajasi boʻyicha dunyoda 6-oʻrinda turadi).

Mavzuga aloqador