21.12.2023 08:33

BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyani uchinchi marta kechiktirdi

BMT Xavfsizlik kengashi (BMTXK) Gʻazoga insonparvarlik yordami toʻsiqlarsiz kirishi uchun sulh tuzish talab qilingan rezolyutsiya loyihasini kelishuvga erishilmagani sababli uchinchi marta qoldirdi.

"BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiya loyihasi ustidagi muzokaralarni davom ettirishga va diplomatiya uchun bir oz koʻproq vaqt berishga qaror qildi. Rezolyutsiya loyihasi boʻyicha ovoz berishni ertaga ertalabga qoldiramiz", dedi BMTXKga vaqtinchalik raislik qiluvchi Ekvadorning BMTdagi doimiy vakili Xose Del La Gaska.

BAAning BMTdagi doimiy vakili Lana Nusaybaning qoʻshimcha qilishicha, kelishuvga erishilmagan taqdirda ham qaror loyihasining bir nuqtada ovozga qoʻyiladi va “Barcha maydonda taʻʻsir qiladigan hamda oʻzgarish yaratadigan qonun loyihasini koʻrishni xohlaydi”.

Loyihaga barcha davlatlarning eng yuqori darajada eʻʻtibor qaratganini qayd etgan Nusaybe "Diplomatiya vaqt talab etadi. Biroq, maydonda ogʻriq koʻp. Muvaffaqiyatga erishishimiz kerak" dedi.

Anadolu muxbirining BMT manbalaridan olgan maʻʻlumotlariga koʻra, AQShning rezolyutsiya loyihasidagi "harbiy harakatlarda tanaffus boʻlishi kerak, tanaffusning oʻt ochishlar barqaror ravishda toʻxtatilishi sari qadamlar tashlanishiga xizmat qilishi” ifodasi bilan BMTga yordamni nazorat qilish vakolatini berishga qarshi chiqmoqda.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha qaror loyihasi ikkinchi marta kechiktirilgani haqida yozgan edik.

Mavzuga aloqador