Ukraina Oliy Radasi (parlamenti) mamlakatda kanonik Ukraina pravoslav cherkovi faoliyatini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda qonun chiqaruvchi organ deputati Yaroslav Jeleznyak oʻzining Telegram-kanalida maʻʻlum qildi.

“Rada Ukraina hududida diniy tashkilotlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar faoliyatini taqiqlovchi umumiy yakunlangan qonun loyihasini qabul qildi.  Moskva cherkovini taqiqlovchi qonun – xalqda”, — deb yozdi Jeleznyak.

Parlamentariyning soʻzlariga koʻra, ikkinchi oʻqishda hujjatni 265 deputat qoʻllab-quvvatlagan.

Qonun eʻʻlon qilingan kundan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ham oʻzining Telegram-kanalida qonun loyihasining qabul qilinishi haqidagi maʻʻlumotni tasdiqlab, bu qarorni "tarixiy" deb atadi.

Avvalroq Butun Ukraina cherkovlar kengashi Ukraina pravoslav cherkovini taqiqlashni qoʻllab-quvvatlagan edi.

2022 yil may oyida Kievda Ukraina pravoslav cherkovi kengashi boʻlib oʻtgan, unda oʻzining toʻliq mustaqilligi va Moskva Patriarxiyasidan mustaqilligini eʻʻlon qilgandi.

Biroq mamlakat hukumati va Ukraina Cherkovlar kengashi hamon Pravoslav cherkovini “rossiyaparast” deb hisoblaydi.

Maʻʻlumot uchun, Ukraina pravoslav cherkovi 2018 yil 15 dekabrda Kiev Patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi va Ukraina avtokefal pravoslav cherkovi, shuningdek, Moskva Patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovining ayrim ierarxlarini birlashtirgan holda tashkil etilgan.

Mavzuga aloqador