Nʻyu-York maʻʻmuriyati musulmon ayollar hijobi majburiy echilgani uchun tovon toʻlaydi
Nʻyu-York okrug sudi politsiya boshqarmasi xodimlari hibsga olingan musulmon ayollarning hijoblarini majburan echtirgani sababli 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlash toʻgʻrisida hukm chiqardi.
AQShning
Nʻyu-York shahri maʻʻmuriyati ikki nafar musulmon ayol tomonidan politsiya
boshqarmasining (NYPD) hibsga olish vaqtida bayonnoma toʻldirish jarayonida bosh kiyimlarini
echish boʻyicha siyosatiga qarshi kiritilgan sud daʻʻvosini hal qilish yuzasidan kelishuv
imzoladi, deb yozmoqda Islam News Jurist.org nashriga tayangan holda.
Ikki ayol
Nʻyu-York janubiy okrugi federal okrug sudi sudʻyasi Analiza Torresga politsiya
boshqarmasining xatti-harakatlari yuzasidan murojaat qiladi. Sud tomonidan shahar
maʻʻmuriyati 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlanishi belgilandi. Biroq shahar
maʻʻmuriyati musulmon ayollarning hijobi echtirilgani uchun rasman kechirim soʻramagan,
ammo sud politsiya boshqarmasiga hibsga olish vaqtida musulmon ayollarning
roʻmollarini echtirish siyosatini oʻzgartirish hamda tovon puli toʻlash majburiyati
yuklandi.
Daʻʻvogarlar
sudga 2018 yilda jamoaviy daʻʻvo bilan murojaat qilgan edi. Daʻʻvo jamoaviy
boʻlgani sababli shu vaqtga qadar kamsituvchi siyosatdan jabrlangan barcha musulmon
ayollar 13 ming dollargacha miqdorda maʻʻnaviy zarar uchun tovon puli olish huquqiga
ega boʻldi.