05.04.2024 12:38

“Rossiya xalq drujinasi” Novosibirskdagi dorixonalardan birida farmatsevtdan roʻmolni echishni talab qilmoqda

"Rossiya xalq drujinasi" millatchi tashkilotining Novosibirskdagi faollari shaharning Karl Marks koʻchasida joylashgan «Melodiya zdorovʻya» (“Salomatlik ohangi”) dorixonasi sotuvchisidan roʻmolini echishni talab qilmoqda, deya yozdi Islam News «Sibkray» nashriga tayanib.

Faollarning fikricha, roʻmol radikal islom bilan bogʻliq boʻlib, pravoslav nasroniylarning diniy tuygʻularini kamsitadi va millatlararo adovatni qoʻzgʻatadi. Shu bilan birga, drujina musulmon ayollarining roʻmolini pravoslav ayollari roʻmoli bilan taqqoslashni nooʻrin deb hisoblab, oʻz fikrini bugungi kunda rus ayollari boshlarini anʻʻanaga koʻra oʻrab yurmasligi bilan izohlagan.  

"Ha, boshga roʻmol oʻrash bilan bogʻliq pravoslav anʻʻanasi mavjud, - deydi millatchi tashkilotning viloyat boʻyicha rahbari Evgeniy. - Bizda kassalarda yoki davlat muassasalarida mutlaqo ruscha kiyimdagi rus qizlari yoʻq. Bundaylar yoʻq".

Faol Novosibirsk jamiyatida roʻmol oʻrab yurishni Grozniy koʻchalarida kalta ishtonda koʻrinishga qiyosladi.

“Biz koʻchalarimiz oʻzimiz koʻnikkan tartibni saqlashi uchun kurashyapmiz. Grozniyda bir kishi kalta ishton kiyganida, fuqarolar uning oldiga kelib: bu erda bu odat emas, yo shaharni tark eting yoki odat boʻyicha kiyining, deyishadi”, - dedi u.

Rossiyalik drujinnikning qoʻshimcha qilishicha, shu yoʻl bilan faollar Rossiya Konstitutsiyasi va qonunlari uchun kurashmoqda.

“Konstitutsiyada Rossiya Federatsiyasi koʻp dinli davlat ekanligi belgilab qoʻyilgan. Hamma teng huquqlarga ega. Bu nuqta koʻpincha notoʻgʻri talqin qilinadi. Agar dinlar ajratilsa, Konstitutsiya buzilgan boʻladi. Boshqa dinlar zulm qilingan boʻladi. Men pravoslav nasroniyman, diniy tuygʻularim buzilgan. Men xochlar bilan yurmayman, shuning uchun peshtaxta ortida turmayman. Bu huquqiy muammo, - deya tushuntirdi Evgeniy.

Uning soʻzlariga koʻra, rossiyalik faollar xalqlarga zulm qilmaydi, chunki hijob milliy libosga kirmaydi va koʻproq radikal islomga aloqador. Agar doʻkon rahbariyati kassirni hijobni echishga majburlamasa, “Rossiya xalq drujinasi” ijtimoiy faollari butun «Melodiya zdorovʻya» tarmogʻiga boykot eʻʻlon qilishga tayyor.

Evgeniy roʻmolga qarshi muvaffaqiyatli kurash misollari allaqachon borligi bilan maqtandi. Yirik doʻkonlardan birida ularni eshitishgan. Rahbariyat xodimlarni kiyinish qoidalariga rioya qilishga majburlab, roʻmol yoki hijobni echishni buyurgan.

Vaziyatni Milliy yuristlar uyushmasi rahbari, huquqshunos Ruslan Nagiev izohladi. “Ayolning boshidagi sharf hech kimni bezovta qilmaydi va xavf tugʻdirmaydi. Uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmaydi. Bu ayolning oʻzi roʻmol oʻragan va hech kimni oʻrashga majburlamaydi”, - deya taʻʻkidladi advokat.

Uning eslashicha, “roʻmol Rossiyaning tub xalqlarida anʻʻanaviy ayollar kiyimining elementidir. Sibir tatarlari Novosibirskdagi begona xalq emas.

“Hech kim ayollarni irodasiga qarshi echintirishga haqli emas. Ulardan koʻpchiligining erlari va aka-ukalari hozir Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilmoqda. Bokira Maryam va ikonalardagi barcha ayollar roʻmol oʻragan holda tasvirlangan. Koʻp millatli mamlakatimizda adovatni qoʻzgʻatishga hojat yoʻq. Bir-birimizga hurmat bilan munosabatda boʻlaylik. Bu bizning umumiy Vatanimiz”, — deb yozdi Nagiev Telegramʻʻdagi kanalida. 

Mavzuga aloqador