23.03.2024 09:27

FQB AQShdagi musulmonlarni kuzatib, ularni soʻroq qilmoqda – CAIR

Amerika-Islom kengashi Isroilning 7 oktyabrda Gʻazo hujumi boshlanganidan buyon AQSh Federal qidiruv byurosi falastinlik, arab va musulmonlarni kuzatib, telefon orqali yoki bevosita uylariga borib soʻroq qilayotganini bildirdi. Suhbatlarda asosan ulardan HAMASni qoʻllab-quvvatlaysizmi, degan savol berilayotgani aytildi.

Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari davom etar ekan, AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Amerikadagi musulmonlarni qattiq tekshirib, soʻroq qilmoqda. Bu haqda Amerika-Islom kengashi (CAIR) advokati Dina Chehata Anadolu agentligiga maʻʻlum qilgan.

Uning taʻʻkidlashicha, Janubiy Kaliforniyadagi falastin, arab va musulmon jamoalari aʻʻzolaridan FQB xodimlari ular bilan bevosita telefon orqali yoki ularning uylariga borib, suhbatlashish uchun bogʻlangani boʻyicha koʻplab shikoyatlar kelib tushgan.

Buni FQB kuzatuvi va jamiyat aʻʻzolarini soʻroq qilish” deb nomlagan advokat shikoyatlarda federal va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari "hamjamiyat aʻʻzolaridan HAMASni qoʻllab-quvvatlayaptimi, jangovar harakatlar mintaqasida zoʻravonlik qoʻllanilishini qoʻllab-quvvatlaysizmi yoki yoʻqmi hamda ularning Isroil va HAMAS boʻyicha fikrlari" soʻraganini aytdi.

Dina Chehata agentlikka koʻplab musulmonlar FQB kuzatuvi ostida ekani, hatto jamiyatga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilmagan boshqa odamlarning ham kuzatuv ostida ekanini maʻʻlum qilgan.

“Biz oʻz hamjamiyatimizni hushyor boʻlish haqida ogohlantirdik, chunki soʻnggi bir yoki ikki hafta ichida agentlar falastinliklarni soʻroq qilayotgani haqida bir necha izchil xabarlarni payqadik”, - deya qoʻshimcha qildi Chehata.

Qayd etish joizki, Isroil tomonidan qamal ostidagi Gʻazo sektorida soʻnggi besh oydan buyon davom etayotgan urush fonida dunyoning koʻplab mamlakatlari, ayniqsa Gʻarbda musulmonlarga qarshi yoki islomofobik harakatlar hamda kayfiyatlarning hayratlanarli darajada oshgani qayd etilmoqda.

Mavzuga aloqador