15.04.2024 10:29

Nigerda fuqarolar Amerika imperializmiga qarshi namoyishga chiqdi

Niger fuqarolari mamlakat shimolidagi AQSh qoʻshinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilib namoyish uyushtirdi. Namoyishlar harbiy rahbariyat Gʻarbdan uzoqlashib, Rossiyaga yaqinlashish siyosati doirasida AQSh bilan harbiy kelishuvdan chiqish rejasidan soʻng boshlandi.

Yuzlab Niger fuqarolari Amerika armiyasini Niger shimolidan chiqarib yuborish talab qilingan namoyish uyushtirdi. Namoyishlar Gʻarbiy Afrika davlati harbiy rahbariyati Niameyning Gʻarbdan uzoqlashib, Rossiyaga yaqinlashish boʻyicha kengroq siyosati doirasida Qoʻshma Shtatlar bilan tuzilgan harbiy kelishuvdan chiqayotganini aytganidan keyin boshlandi, deya xabar bermoqda TRT.

Harbiy rahbariyatning bir qancha aʻʻzolari hamda Niamey gubernatori ham ishtirok etgan namoyish AQSh elchixonasi oldida boʻlib oʻtdi.

Yigʻilganlar: “Amerika imperializmi yoʻqolsin” va “Xalq ozodligi marshda” deya hayqirdi. Namoyish vaqtida Burkina-Faso, Mali, Niger va Rossiya bayroqlari koʻrindi.

Oʻtgan oy Niger hukumati AQSh bilan harbiy hamkorlik shartnomasini "zudlik bilan" bekor qilish talabini ilgari surdi. Niger hukumati AQSh delegatsiyasining "suveren Niger xalqini oʻz sheriklarini tanlash huquqidan mahrum qilishga tayyorligi"dan afsusda ekanini bildirdi. 

Mavzuga aloqador