18.03.2024 09:17

Niger AQSh bilan harbiy kelishuvni bekor qildi

Nigerda hokimiyat tepasida turgan harbiylar Amerika kontingentining mamlakatda qolishiga imkon beruvchi kelishuvni bekor qildi. Muvaqqat hukumat vakili Amadu Abdramanning taʻʻkidlashicha, mamlakatga muzokaralar uchun kelgan AQSh delegatsiyasi diplomatik protokolga rioya etmagan, oʻzining tashrifi tafsilotini oldindan maʻʻlum qilmagan.

Nigerda hokimiyat tepasida turgan harbiylar Amerika kontingentining mamlakatda qolishiga imkon beruvchi AQSh bilan kelishuvni bekor qildi, deb xabar bermoqda AFP Niger oʻtish davri hukumati vakili Amadu Abdramanga tayanib.

Qayd etilishicha, qaror darhol kuchga kiradi.

Niger xuntasi Amerika rasmiylarining mamlakatga tashrifi ortidan shunday qarorga keldi. Delegatsiyaga davlat kotibining Afrika ishlari boʻyicha yordamchisi Molli Fi va AQShning Afrikadagi qoʻmondonligi qoʻmondoni general Maykl Lengli boshchilik qildi.

Abdraman AQSh delegatsiyasining diplomatik protokolga rioya qilmagani, Nigerga delegatsiya tarkibi, uning kelish sanasi va kun tartibi haqida maʻʻlumot berilmaganini izohladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, suhbat Niger mudofaa sektoridagi davom etayotgan oʻzgarishlar va ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik haqida boʻlgan.

 

Mavzuga aloqador