23.12.2023 11:15
Frantsuz askarlari Nigerni tark etdi
Frantsuz askarlari poytaxt Niameydagi Frantsuz harbiy bazasini marosim bilan Niger hukumatiga topshirdi.
Nigerda xizmat qilayotgan 1500 nafar askardan 1346 nafari allaqachon Frantsiyaga qaytgan, qolgan 154 nafar askar esa mamlakatni tark etgan.
Frantsuz askarlarining ketishini nishonlamoqchi boʻlgan nigeriyaliklar ham harbiy bazaga toʻplanib, bayram qilishdi.
Boshqa tomondan, Frantsiyaning Niameydagi elchixonasi 22 dekabrdan eʻʻtiboran “Elchixona Niger rasmiylarining cheklovlari tufayli oʻz vazifalarini bajara olmadi” degan sabab bilan yopildi.