NATO 2024 yil uchun harbiy byudjetini 12 foizga oshirdi
NATO Kengashi kelasi yil uchun alʻyansning fuqarolik va harbiy byudjetlarini 18,2 va 12 foizga oshirishni maʻʻlum qildi. Oʻsishdan soʻng blokning harbiy byudjeti 2,03 milliard evroni, fuqarolik byudjeti esa 438,1 million evroni tashkil etadi, deya xabar beradi alʻyans matbuot xizmati.
Alʻyans bosh kotibi oʻrinbosari Mircha Joanening aytishicha, moliyalashtirishning
koʻpayishi NATOga xavfsizlik muammolarini yanada samaraliroq hal qilish imkonini
beradi.
“Birgalikda moliyalashtirish ittifoqchilarning birdamligi va
jamoaviy irodasini namoyish etadi. Bizga notinch paytlarda bu har qachongidan ham
kerak”, dedi rasmiy.
NATO matbuot bayonotida, shuningdek, harbiy byudjet alʻyans
qoʻmondonlik tuzilmasining operativ
xarajatlari hamda xalqaro operatsiyalarga yoʻnaltirilishi aytilgan. Alʻyansning
fuqarolik byudjetidan tushadigan mablagʻlar operativ xarajatlar, jumladan, alʻyansning
Bryusseldagi shtab-kvartirasini saqlash uchun sarflanadi.
Bir yil oldin ham alʻyans harbiy va fuqarolik byudjetlarini oshirgandi: harbiy maqsadlarga 1,96 milliard evro yoki 27,8 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlsa, fuqarolik byudjeti 370,8 million evro yoki 2022 yilga nisbatan 25 foizga koʻp etib belgilangandi.