13.04.2024 09:24

Samsung Isroilni tark etmoqda

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari va foyda marjasi tushib ketgani sababli mamlakatdagi 70 ta startap loyihasini toʻxtatish hamda ushbu bozorni tark etishga qaror qildi.

Samsung kompaniyasining global sarmoyalarni oʻzida birlashtirgan Samsung Next shirkati Isroildagi 70 ta startap loyihani qaytarib olish va ushbu bozordan chiqib ketishga qaror qildi, deya xabar bermoqda TRT.

Kompaniya ketishiga sabab sifatida Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari va foyda marjasining pasayishi sabab boʻlgan. BDS (Boycott, Divestment and Sanctions) harakati saytidagi hisobotga koʻra, Samsung foydasi oʻtgan yilga nisbatan 56 foizga kamaygan.

Qayd etish joizki, dunyo boʻylab oʻt ochishni toʻxtatish chaqiriqlariga qaramay, Isroil Gʻazoda tinch aholiga nisbatan harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda. Natijada qator yirik kompaniyalar Isroilda ishlab chiqarishni cheklash yoki kamaytirishga qaror qilmoqda.

Mavzuga aloqador