Mingga yaqin tojikistonlik Moskva aeroportlarida qolib ketdi
Mingga yaqin Tojikiston fuqarosi Moskvaning bir qancha aeroportida qolib ketmoqda. Ular orasida Rossiya hukumati hisobidan tahsil olayotgan tojik talabalari ham bor. Uzoq kutishlardan soʻng ularning bir qismi – 322 nafari RF hududiga kiritilgan boʻlsa, 306 nafarini mamlakatdan chiqarib yuborish rejalashtirilgan. Tojikiston TIV fuqarolarni Rossiyaga safar qilishdan tiyilishga chaqirmoqda.
Mingga
yaqin Tojikiston fuqarosi Moskva aeroportlarida qolib ketdi, deya xabar bermoqda
«TASS» Tojikiston TIV rasmiy vakili Shoxin Samadiyga tayanib.
Qayd etilishicha, aksariyati Vnukovoda kuzatilgan - odamlar
vaqtinchalik hibsga olish zonasiga joylashtirilgan. Boshqa poytaxt aeroportlari -
Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetevoda ham vaziyat qiyin.
Jumladan,
27 aprelʻ kun yakuniga koʻra, 954 nafar Tojikiston fuqarosi «Vnukovo»
xalqaro aeroportining vaqtincha saqlash hududida tegishli sanitariya sharoitlari
taʻʻminlanmagan holatda ushlab
turilgan.
Ular orasida
Rossiya hukumati tomonidan berilgan taʻʻlim kvotalari hisobiga Rossiyada tahsil
olayotgan tojikistonlik talabalar ham bor.
Vnukovo aeroportida qolib ketgan Tojikiston fuqarolaridan 322 nafariga uzoq kutishlardan
soʻng Rossiya hududiga kirishga ruxsat berilgan. 306 nafarini esa Rossiya hukumati mamlakatdan
chiqarib yuborishni rejalashtirilgan va ularning 27 nafari allaqachon deport
qilingan.
Boshqa
poytaxt aeroportlari - Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetʻevoda ham vaziyat murakkab.
Tojikistonning ushlab turilgan fuqarolari etarli darajada issiq ovqat bilan
taʻʻminlanmagani sababli tojik diplomatlari diaspora vakillari bilan hamkorlikda
Vnukovo aeroportiga oziq-ovqat etkazib berishmoqda.
Mamlakat fuqarolariga
joyida zarur yordam koʻrsatish maqsadida Tojikistonning Moskva shahridagi
diplomatik vakolatxonasi konsullik xizmati tomonidan 24 soatlik tezkor shtab
ochildi. Oʻz navbatida, rasmiy Dushanbe Tojikiston fuqarolarini Rossiyaga safar
qilishdan tiyilishga chaqirib, bunday cheklov choralari faqat Tojikiston
fuqarolariga nisbatan qoʻllanilayotganini taʻʻkidlamoqda.
Rossiya
TIV esa fuqaroligidan qatʻʻi nazar, barcha xorijliklar uchun chegara nazoratini
kuchaytirish terrorchilik xavfi kuchayganini hisobga olib, vaqtinchalik chora
ekanligini taʻʻkidlamoqda.
Eslatib
oʻtamiz, avval ham mingga yaqin tojikistonlik Qozogʻiston-Rossiya davlat chegarasi
oʻrtasidagi betaraf hududda bir necha kun davomida qolib ketgani haqida xabar
bergan edik.