Kanadadagi masjidga islomofobik rasmlar yuborildi
Kanadaning Monreal shahridagi masjidlardan biriga pochta orqali islomofobik rasmlar yuborildi, ulardan birida oʻlim tahdidi bor edi, deya xabar bermoqda Middle East Monitor.
“Bu
suratlar – nafrat, ular irqchilikni ifodalaydi”, – deydi Musulmonlari Milliy
Kengashi (NCCM) huquqshunosi Yaser Laxlu.
Tasvirlardan
birida choʻchqa va salla oʻralgan odam Makkaga qaragan odobsiz manzara
tasvirlangan. Har uchala chizmada masjid aylana ichiga olinib, alohida koʻrsatib
qoʻyilgan.
Rasmlar
musulmonlar roʻza tutib, masjidlarga tashrifi ortib borayotgan Ramazon oyi
boshlanishi munosabati bilan yuborilgan. Kanada Milliy musulmonlar kengashi
huquq-tartibot idoralari va rasmiylarni musulmonlarni himoya qilish va mamlakatda
islomofobiya kuchayishini toʻxtatish uchun chora koʻrishga chaqirdi.
Yanvarʻ
oyi oxirida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakatda islomofobiya holatlari
ortib borayotganidan xavotir bildirgani haqida xabar
bergan edik. Hukumat rahbari mavjud vaziyatni nomaqbul deb atab, mamlakat
fuqarolari “oʻz uylarida, mahallalarida va ibodat joylarida oʻzlarini xavfsiz his
qilishlari” uchun barcha zarur saʻʻy-harakatlarni amalga oshirishiga ishonch bildirgandi.