30.01.2024 15:18

Kanada bosh vaziri mamlakatda islomofobiya kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tyurdo mamlakatda islomofobiya holatlari ortib borayotganidan xavotir bildirdi. U hukumat fuqarolar “oʻz uylarida, mahallalarida va ibodat joylarida oʻzlarini xavfsiz his qilishlari” uchun barcha zarur saʻʻy-harakatlarni amalga oshirishini maʻʻlum qildi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakatda islomofobiya holatlari ortib borayotganidan xavotir bildirdi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Bu haqda hukumat rahbari Kanadada 29 yanvarʻ kuni nishonlanadigan islomofobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan qilgan murojaatida maʻʻlum qildi. Bu sana 2017 yilning 29 yanvarida Kvebek islom madaniyat markazi masjidiga qilingan qurolli hujum qurbonlari xotirasiga belgilangan. Bosh vazir qonli voqeada halok boʻlganlarning oila aʻʻzolari va yaqinlari bilan birdamligini taʻʻkidladi.

"Soʻnggi oylarda Kanadada musulmonlarga nisbatan nafrat soʻzlari, kamsitish va islomofobiya dahshatli darajada oʻsdi", dedi Tryurdo.

Hukumat rahbari mavjud vaziyatni nomaqbul deb atadi. Bosh vazirning ishontirishicha, hukumat mamlakat fuqarolari “oʻz uylarida, mahallalarida va ibodat joylarida oʻzlarini xavfsiz his qilishlari” uchun barcha zarur saʻʻy-harakatlarni amalga oshiradi.

Kanada Musulmonlari Milliy Kengashi (NCCM) X ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Kanada hukumatini nafrat hodisalarining oldini olish va islomofobiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun chora koʻrishga chaqirdi.

2017 yilning 29 yanvarida Aleksandr Bissonnet Kvebekdagi Islom madaniyat markazi binosiga uyushtirgan qurolli hujum natijasida olti namozxon halok boʻlgan, 19 nafari yaralangandi. Hujum qilgan shaxs voqea joyidan qochishga uringan, biroq politsiya tomonidan qoʻlga olingan.

Keyinchalik jinoyatchi "koʻproq odamni oʻldirmaganidan afsusda ekanligini" aytdi.

Mavzuga aloqador