25.12.2023 19:37

Nigeriyada choʻponlar va dehqonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvda 16 kishi halok boʻldi

Nigeriya shimolidagi choʻponlar va dehqonlar oʻrtasida tez-tez toʻqnashuvlar sodir boʻladigan Plato shtatining Mushu shahrida boshlangan toʻqnashuvda 16 kishi halok boʻldi.

Ogʻir qurollangan toʻdalar tomonidan qotilliklar va qishloq bosqinlari tez-tez sodir boʻladigan Mushu shahrida asosan musulmon choʻponlar va nasroniy fermerlar oʻrtasida kelib chiqqan toʻqnashuvda 16 kishi halok boʻldi.

Mojaroning nima sababdan boshlangani va kim javobgar ekani boʻyicha aniqroq bayonot berilganicha yoʻq.

Plato shtati gubernatori Kaleb Mutfvang voqealarni “vahshiyona va shafqatsiz” deb qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga vaʻʻda berdi.

"Hukumat shu kabi hodisalar qayta sodir boʻlmasligi uchun zarur choralarni koʻradi”, - dedi u.

Joriy yilning may oyida ham etnik va diniy mojarolar tez-tez sodir boʻlib turadigan Plato shtatining Mangu mahalliy boshqaruv hududida qurollangan shaxslar qishloqlarga bosqinlar uyushtirgan, ulardan 100 dan ziyon odam halok boʻlgan edi.

Mavzuga aloqador