22.12.2023 17:32

Xitoyda zilzila qurbonlari soni 148 kishiga etdi – ularning aksariyati musulmon xitoylar

Zilzilada musulmon xitoylar yashaydigan Gansu provintsiyasida 117 nafar, qoʻshni Tsinxay provintsiyasida 31 kishi halok boʻlgan.

Xitoy shimoli-gʻarbidagi Gansu va Tsinxay provintsiyalarida zilzila qurbonlari soni 148 kishiga etdi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Mahalliy hokimiyat maʻʻlumotlariga koʻra, hozirda Gansu provintsiyasida 117 kishi, qoʻshni Tsinxay provintsiyasida esa 31 kishi halok boʻlgan. Bundan tashqari, zilzila oqibatida mingdan ortiq odam jabrlangan.

Jumladan, islom diniga eʻʻtiqod qiluvchi xitoylar – xuey-dunganlar orasidan ham koʻplab qurbonlar berildi. Ular islom anʻʻanalariga muvofiq soʻnggi manzilgan kuzatildi.

Eslatib oʻtamiz, dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi Xitoy shimoli-gʻarbidagi Gansu provintsiyasining Jishishan okrugida 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻlgan, unda eng kamida 110 kishi hayotdan koʻz yumgani haqida yozgan edik.

Maʻʻlumot uchun, Xitoyda 20 mln nafardan ziyod musulmonlar yashaydi. Gansu provintsiyasi esa eng koʻp musulmonlar yashaydigan ikkinchi hudud hisoblanadi.

Mavzuga aloqador