26.07.2024 08:58

Isroilda turizm qiyin ahvolda

Isroildagi mehmonxonalarning 10 foizi moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi. Gʻazodagi urush boshlanganidan soʻng 2024 yilning dastlabki olti oyida mamlakat mehmonxonalarida 969 ming yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 81 foizga kam sayyoh tunagan. Sayyohlarning etishmasligi mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan Quddus aholisiga ham salbiy taʻʻsir koʻrsatmoqda.

Isroildagi mehmonxonalarning qariyb 10 foizi Gʻazo urushi boshlanganidan beri sayyohlar soni keskin kamayishi ortidan moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi, deya xabar qildi Yedioth Ahronoth nashri.

Isroil mehmonxonalar assotsiatsiyasi (IHA) 2024 yilning birinchi yarmidagi mehmonxona faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotida Isroil turizm sektori oldida turgan jiddiy moliyaviy muammolar turganini qayd etdi.

Assotsiatsiya bosh direktori Sivan Detaukerning soʻzlariga koʻra, mehmonxonalarning 10 foizga yaqini tez orada yopilish xavfi ostida, boshqa koʻplab mehmonxonalardagi vaziyat inqiroz holatida.

2024 yilning birinchi yarmida mehmonxonalarda 969 mingga yaqin yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 81 foizga kam sayyoh tunagan.

Turizm vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning birinchi olti oyida Isroilga bor-yoʻgʻi 500 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu oʻtgan yilning shu davridagi ikki millionga nisbatan – 76 foizga kam.

Sayyohlarning etishmasligi mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan Quddus aholisiga ham salbiy taʻʻsir koʻrsatmoqda.

Mavzuga aloqador