20.12.2023 10:35

Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha ovoz berish BMTXKda ikkinchi marta qoldirildi

Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga ovoz berish ikkinchi marta qoldirildi.

BMT Xavfsizlik Kengashida insonparvarlik yordamlarining toʻsiqsiz etib borishi uchun Gʻazodagi jangovar harakatlarni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasi boʻyicha ovoz berish kelishuvga erishilmagani uchun ikkinchi marta qoldirildi.

Anadolu agentligining BMTdagi manbalari ovoz berish kecha, 19 dekabrʻ kuni Nʻyu-York vaqti bilan 17:00 da oʻtkazilishi kerak edi. Ikkinchi bor qoldirilgan ovoz berish jarayonining bugun, 20 dekabrʻ kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Manbalar AQShning BAA tomonidan tayyorlangan Gʻazo boʻyicha rezolyutsiya loyihasiga hali ishonch hosil qilmaganini va qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar, mavzu boʻyicha taqdim etilgan hujjat loyihasiga yana bir marta veto qoʻyilmasligi uchun muzokaralarni davom ettirishga qaror qilganini bildirdi.

AQShning xalqaro tashkilotdagi doimiy elchisi oʻrinbosari Robert Vud jurnalistlarga: "Boshqa ishtirokchilar bilan rezolyutsiya loyihasi ustida ishlayapmiz. Hozir qaysi bosqichda ekanligimizni ayta olmayman, bugun boʻlib oʻtadigan muzokaralarni koʻrib chiqamiz" , - degan.

Rezolyutsiya loyihasida gumanitar yordamning uzluksizligi va xavfsizligini taʻʻminlash uchun Gʻazodagi harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishni talab qilinadi.

Shuningdek, hujjatda barcha tomonlarni xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq asosida tinch aholini himoya qilish boʻyicha oʻz burchlarini bajarishga chaqiradi hamda BMT bosh kotibidan yordamni nazorat qilish mexanizmini yaratish soʻraladi.

BMT yordamning haqiqatdan ham insonparvarlik yordami ekani tasdiqlab, yordam turlari haqida "Falastin maʻʻmuriyati va Isroil"ga maʻʻlumot berishini talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasida yordam tarqatish uchun zarur yoqilgʻi bilan taʻʻminlash chaqirigʻi ham oʻrin olgan.

Rezolyutsiya loyihasida barcha garovga olinganlarni ozod qilish talab qilinib, xalqaro gumanitar huquqning har qanday buzilishi qoralanadi.

Mavzuga aloqador