06.12.2023 09:07

Amerikalik musulmonlar shtatlarda Baydenga qarshi kampaniya boshlamoqchi

Amerikalik musulmonlar Isroilning Gʻazoga qarshi urushida AQSh prezidentining harakatlariga nisbatan oʻz pozitsiyasini aks ettiruvchi “Baydendan voz kechish” kampaniyasini boshlashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Guardian.

Qayd etilganidek, arab va musulmon amerikaliklarning bu pozitsiyasi Baydenning 2020 yilda gʻalaba qozongan koʻplab shtatlarda qayta saylanish istiqboliga putur etkazadi.Kampaniyani boshlash uchun Michigan, Minnesota, Arizona, Viskonsin, Florida, Jorjiya, Nevada va Pensilʻvaniyadagi musulmon etakchilar Michigan shtatining Dirborn shahrida uchrashishi kutilmoqda.

Guruh oʻz bayonotida mazkur kampaniya Bayden oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishni va Gʻazodagi begunoh odamlarni himoya qilishni istamagani uchun nishonga olingani, “ovoz berishda ikkilanuvchi shtatlardagi musulmon liderlar Baydenning 2024 yilgi saylovda magʻlub boʻlishini taʻʻminlash uchun birgalikda harakat qilishi” taʻʻkidlanadi.

Avvalroq Amerikaning NBC axborot tarmogʻi Oq uy “Isroilning Gʻazoga qarshi agressiyasini qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻsib borayotgan va misli koʻrilmagan ichki qarshilikka duch kelayotgani” haqida xabar bergan edi.

Yuzlab federal hukumat xodimlari Baydenga falastinliklar hayotini himoya qilish uchun otashkesim soʻragan ochiq maktubni imzoladi, Kongressda esa yuzlab xodimlar norozilik namoyishlari uyushtirdi va oʻt ochishni toʻxtatish talabi boʻlgan xatlarga imzo chekdi.

Avvalroq NBC News tomonidan oʻtkazilgan soʻrov Baydenning saylovchilar qoʻllab-quvvatlashi eng past darajaga tushganini koʻrsatgandi. Soʻrov natijalariga koʻra, 18 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan saylovchilarning 70 foizi prezidentning urush haqidagi pozitsiyasini qoralagan, boshqa yosh guruhlari orasida esa 56 foizi Bayden siyosatini rad etgan.

Mavzuga aloqador