20.12.2023 01:04

Frantsiya Senati munozarali immigratsiya qonunini qabul qildi

Frantsiya parlamentning yuqori palatasi Bosh Assambleyasi qizgʻin munozaralarga sabab boʻlgan immigratsiya toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi, deya xabar qilmoqda Anadolu.

Ichki ishlar vaziri Geralʻd Darmanin nomidan "Darmanin qonuni" sifatida ham tanilgan munozarali immigratsiya qonuni 114 ta «yoʻq» ovoziga qarshi «214» «ha» bilan qabul qilindi.

Oʻng qanot senatorlar qonun loyihasining qabul qilinishini olqishlar bilan nishonlagan boʻlsa, chap qanot partiyalari senatorlari ovoz berish natijasiga hushtakbozlik bilan munosabat bildirishdi.

Mahalliy OAV xabarlarga koʻra, hukumatdagi 6 vazir ushbu qonun parlamentda qabul qilinsa, isteʻʻfoga chiqishi mumkinligini bildirdi.

Senatda qabul qilingan qonun loyihasi matniga koʻra, mamlakatda yashovchi xorijliklarga ijara haqi va oila nafaqalari muayyan mehnat sharoitlariga bogʻliq boʻladi.

Jumladan, ishlayotgan xorijliklar Frantsiyaga kelganidan keyin 3 oy oʻtgach, ishlamaydigan chet elliklar esa 5 yildan soʻng ijara yordamidan foydalana oladilar.

Xuddi shunday, ish joyi boʻlgan xorijliklar mamlakatga kelganidan keyin 30 oy oʻtgach, ishi boʻlmaganlar esa 5 yildan keyin oilaviy nafaqa olishlari mumkin boʻladi.

Loyiha matniga koʻra, xavfsizlik kuchlari jinoyat sodir etgan qoʻsh fuqaroligi boʻlgan Frantsiya fuqaroligidan mahrum etishi mumkin.

Mamlakatda ishchilar etishmayotgan professional guruhlar uchun maxsus yashash kartasini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi immigratsiya kvotalari yaratishni ham oʻz ichiga oladi.

Qonun loyihasi matniga koʻra, xorijlik oilalarning Frantsiyada tugʻilgan farzandlari 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan va avval jinoyat sodir etmagan boʻlsa, Frantsiya fuqaroligini olishi mumkin boʻladi.

Oilani birlashtirish shartlarini qiyinlashtiradigan qonun loyihasi doirasida Frantsiyaga taʻʻlim uchun kelgan xorijlik talabalardan depozit olinadi. Ushbu depozit talabalardan birini Frantsiya hududidan deportatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uni qaytarib yuborish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga koʻra, immigratsiya qonun loyihasiga qarshilar kechqurun Parijdagi Invalidlar maydonida toʻplangan. Namoyishchilar «irqchilik» deb hisoblagan qonun loyihasidan voz kechishni istamoqda.

Frantsiyaning 14 parlamentariydan iborat aralash komissiya munozarali immigratsiya qonun loyihasi boʻyicha umumiy matnni kelishib oldi.

Mavzuga aloqador