hujum quroli
Dogʻistonlik amaldor hibsga olindi. Uning oʻgʻillari qurolli hujumda qatnashgani aytilmoqda
Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Umarov qoʻlga olindi. Umarovning ikki oʻgʻli – Odil va Usmon Maxachqalʻʻa va Derbentdagi cherkov va sinagogaga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgani, ikkalasi ham otib oʻldirilgani aytilmoqda. Ayni paytda Dogʻistonda terrorizmga qarshi operatsiya rejimi joriy etilgan: Maxachqalʻʻa va Derbentga kirish-chiqish yoʻllari toʻsib qoʻyilgan, politsiya mashinalarni tekshirmoqda.
Davomini o'qish...24.06.2024 00:07Dogʻistondagi qurolli hujum: halok boʻlganlarning aksariyati musulmonlar
Baza Telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, qurolli hujumda kamida besh nafar tinch aholi vakili jarohat olgan. Dogʻiston rahbari Sergey Melikov esa hujumni qaytarishda 15 dan ortiq xavfsizlik xodimlari, "Dagestanskie Ogni" shahri politsiya boʻlimi boshligʻi Mavluddin Xidirnabiev halok boʻlganini aytdi. Milliy aksilterrorchilik qoʻmitasi amaliyot davomida besh nafar qurolli shaxs oʻldirilganini maʻʻlum qilgan.
Davomini o'qish...25.06.2024 10:35