Boykot sababli Turkiya va Pokistonda Coca-Cola savdolari tushdi
Gʻazo qirgʻinida Isroilni dastaklagani sababli boykot qilinayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdosi uchinchi chorakda mos ravishda 12,2 va 22,9 foizga qisqardi.
Gʻazoda
qirgʻinida Isroilni qoʻllab-quvvatlagani ortidan qoralanayotgan Coca-Cola
kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdolari sezilarli darajada pasaydi.
Qayd
etilishicha, 2024 yilning uchinchi choragida Coca-Cola savdosi Turkiyada 12,2 foizga,
Pokistonda esa 22,9 foizga qisqargan. Bu – 2023 yilning may oyidan beri eng
katta pasayishdir.
Oʻtgan
yili Turkiya va Pokiston bozorlari kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan
10 ta mintaqa qatoriga kirgandi.
Turkiyada
hatto parlament ham Isroil bilan bogʻliq brendlarning boykotiga qoʻshildi, ular
jamoatchilik talabiga koʻra Coca-Cola va Nestlé mahsulotlarini oʻz majmuasidagi
oshxonalardan chiqarib tashladi.