Bombalanayotgan Gʻazo: 381-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 381 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorining Bayt Lahiya, Jabaliya, Nuseyrat va Shati lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 42 603 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻazo shimoli, ayniqsa Jabaliya lageri va Bayt Lahiya hududi fashistlar tomonidan 17 kundan buyon qamalda. Odamlar nafaqat bombalardan, balki ochlikdan ham oʻlishmoqda. Jabaliya lagerining ikkinchi bloki butunlay vayron qilingan.

▪️Gʻarbiy Sohilda koʻchmanchilar 5-kun ketma-ket Al-Aqso masjidiga bostirib kirmoqda. Gʻarbiy Sohildagi Al-Xalil, Nablus, Ramalloh va Baytlahmda ham hujum va reydlar amalga oshirilmoqda. Ikki falastinlik halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

▪️YuNRVA: Isroil Gʻazo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni evakuatsiya qilish boʻyicha shoshilinch talabni rad etdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida ishgʻol zirhli tankini portlatib yubordi. Internetda yirtiq poyabzaldagi qarshilik jangchisining fotosuratlari tarqalmoqda. Ushbu pistirmada urush boshlangandan buyon eng yuqori martabali zobit – polkovnik Ihsan Daksa yoʻq qilindi.

▪️Hizbulloh ishgʻol ostidagi Hayfa, Kiryat Shmona, Tiberiya va Margaliotga 70 dan ortiq raketa uchirdi. Beyt-Xilldagi harbiy bazaga hujum uyushtirildi. Bosib olingan hududlarning shimolida yongʻin davom etmoqda.

▪️Bosqinchilar Livanning Tir va Xazen, Baalbek shaharlari hamda Bayrutning janubiy chekkasidagi Marja tumani chekkalariga qator hujumlar uyushtirdi.

Mavzuga aloqador