17.01.2024 09:20

Eron Pokiston hududiga raketa hujumi uyushtirdi

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston viloyatida joylashgan “Jaysh al-Adl” (“Adolat armiyasi”) terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Press TV.

Bu Eron qurolli kuchlarining Pokiston hududiga uyushtirgan raketa zarbasi hisoblanadi.

Oʻtgan yilning dekabrʻ oyi oʻrtalarida Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatining Rask tumanida terakt sodir etilgan, natijada kamida 12 nafar politsiyachi halok boʻlgan, yana etti nafari yaralangan edi. Hujum uchun masʻʻuliyatni Eronda terrorchi guruh sifatida tan olingan sunniy "Jaysh al-Adl" (Adolat armiyasi) guruhi oʻz zimmasiga oldi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning mamlakat havo hududini asossiz ravishda buzishini keskin qoraladi va hujumda 2 bola halok boʻlgani, 3 bola yaralanganini maʻʻlum qildi.

Pokiston TIV bayonotida taʻʻkidlanishicha, mamlakat suverenitetining bunday buzilishi hech qanday shaklda qabul qilinishi mumkin emas va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Eron harbiylari Iroq Kurdistoni va Suriyadagi nishonlarga 20 dan ortiq ballistik raketa uchirgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga aloqador